UEFA “Inter“- “Barselona“ uchrashuvidagi hakamlikka munosabat bildirdi
09 may 2025 08:28
Yangiliklar
UEFA “Inter“- “Barselona“ uchrashuvidagi hakamlikka munosabat bildirdi
Bu haqida Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, UEFA “Barselona“ bosh murabbiyi Xans-Diter Flik va ayrim futbolchilarining tanqidiga qaramay, Chempionlar ligasi yarim finalidan o'rin olgan “Inter” – “Barselona” (4:3) javob o'yini bosh hakami Shimon Marcinyakni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.
UEFA polshalik hakam uchrashuvda bahs natijasiga tasir qiladigan hech qanday xatoga yo'l qo'ymagan deb hisoblab, hakamga hech qanday etiroz bildirmagan.
Eslatib o'tamiz, “Inter“ va “Barselona“ o'rtasidagi o'yindan so'ng ispan jamoasi himoyachisi Inigo Martines Shimon Marcinyakning hakamligini sharmandalik deb atadi. Flik o'yindagi qarorlar doim “Inter“ foydasiga qabul qilinganini takidlagandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar