UEFA MYU - "Liverpul" uchrashuvi vaqti o'zgartirildi

Aslanov Jasurbek
4 mar 2016, 14:47
UEFA "Manchester Yunayted"ning "Liverpul"ga qarshi Yevropa ligasi 1/8 final bosqichi javob uchrashuvi vaqtini o'zgartirish iltimosini qondirdi.

Ma'lum bo'lishicha, MYUdagilar 17 mart kuni muxlislar tirbandlik tufayli "Old Trafford"ga vaqtida yetib kela olmasligidan havotirda bo'lishgan, chunki bu sanada Buyuk Britaniyada avliyo Patrik kuni nishonlanadi.

Shunday qilib, javob uchrashuvi xuddi 11 mart kuni bo'lib o'tadigan birinchi bahs kabi Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports