UEFA Millatlar ligasi. Angliya termasining kengaytirilgan tarkibi malum
16 may 2019 19:20
Yangiliklar


UEFA Millatlar ligasi. Angliya termasining kengaytirilgan tarkibi malum
Oyog'ining to'piq qismidan jarohatlangan "Tottenxem" hujumachisi Xarri Keyn ham ushbu ro'yxatdan o'rin oldi.
Tarkibga kirishi kutilgan futbolchilardan Jeyms Medisson ("Lester"), Fil Foden ("Manchester Siti"), Aaron Van-Bissaka ("Kristal Pelas") singari o'yinchilarga Garet Sautgeyt etibor qaratmadi va tarkibdan tushib qoldi.
Angliya terma jamoasining 27 kishilik dastlabki tarkibi bilan tanishing.
Darvozabonlar: Jek Batlend ("Stok Siti"), Tom Xiton ("Byornli"), Jordan Pikford ("Everton");
Himoyachilar: Trent Aleksandr-Arnold ("Liverpul"), Ben CHilvell ("Lester"), Joe Gomez ("Liverpul"), Maykl Kin ("'Everton"), Xarri Maguayr ("Lester"), Danni Rouz, Keran Triper (ikkalasi - "Tottenxem"), Jon Stouns, Kayl Uoker ("Manchester Siti");
Yarim himoyachilar: Dele Alli, Erik Dayer, Xarri Uinks ("Tottenxem"), Fabian Delf ("Manchester Siti"), Ross Barkli ("CHelsi"), Jordan Xenderson ("Liverpul"), Jeyms Uord-Prouvs ("Sautgempton");
Hujumchilar: Xarri Keyn ("Tottenxem"), Jessi Lingard, Markus Reshford ("Manchester Yunayted"), Natan Redmond ("Sautgempton"), Jeydon Sancho ("Borussiya Dortmund"), Rahim Sterling ("Manchester Siti"), Kallum Uilson ("Bornmut").
Musobaqa yarim finalida Portugaliya - SHveycariya (5 iyun) va Gollandiya - Angliya (6 iyun) uchrashuvlari o'tkaziladi. Final bahsi 9 iyun kuni "Portu" klubining "Estádio do Dragão" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar