UEFA mehmondagi gol qoidasidan butunlay voz kechmoqchi
14 apr 2021 20:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/631123_original.jpg)
![](/upload/storage/631123_220.jpg)
UEFA mehmondagi gol qoidasidan butunlay voz kechmoqchi
Amaldagi reglamentga ko'ra, 2 o'yindan iborat to'qnashuvda tenglik yuzaga kelsa, raqib maydonida ko'proq gol urgan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Yangi qoidalarga ko'ra esa mehmonda urilgan goldagi ustunlik ikkala uchrashuvning asosiy vaqti uchun hisobga olinadi. 2 o'yin natijasiga ko'ra ekstra taymlar tayinlanadigan bo'lsa, raqib maydonida o'ynayotgan jamoaga mehmondagi gol ustunligi berilmaydi.
Xabarda keltirilishicha, mazkur taklif allaqachon Evropaning etakchi klublari tomonidan maqullangan. Qoidalarga o'zgartirish kiritish bo'yicha ovoz berish jarayoni esa 16 aprel kuni UEFAning musobaqalarni o'tkazish bo'yicha qo'mitasi yig'ilishida bo'lib o'tadi. Manbaga ko'ra, unda safarda urilgan gol qoidasidan butunlay voz kechish taklifi beriladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar