So’nggi yangiliklar

18:04ЎФА Мўғулистон футбол ассоциацияси билан ҳамкорликни кенгайтиради  3 17:42Франк: "Бу футболчи "Олтин тўп"нинг кейинги соҳиби бўлади"  0 17:14"Сўғдиёна" футболчиси Корея клубига ўтишга яқин  3 16:47Энрике: "ПСЖ "Тоттенхэм"га қарши ўйинда характер кўрсатди"  0 16:21Саудия Арабистони стадионлар қурилиши учун қарз беради  1 15:55Италиялик ҳужумчи Ўзбекистонга қайтиши мумкин  6 15:28Манба: ОКМК ярим ҳимоячиси "Насаф"га ўтмоқда  6 15:08"Андижон" яна дуранг ўйнаган ОЧЛ 2 ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  0 14:40Витиньяга аталган оқшом, Мбаппедан покер, "Интер"нинг илк мағлубияти ва "Спортинг" ТОП-8да  0 14:21"Насаф"нинг икки етакчиси "Пахтакор"га ўтади  42 13:53Мадуэке: "Жамоадошларим ва мураббийлар штаби менга ишонади"  0 13:26"Барселона" ҳимоячиси келажагини жамоага бағишлашга тайёр  3 12:58Тимур Кападзе: "Индонезияга бу ердаги муҳитни кўрай деган мақсадда келдим"  19 12:31Про лига-2026 иштирокчилари ўрганилмоқда  1 11:59Кейн: "Мағлубиятдан ваҳимага тушмаслигимиз керак"  2

Vitinyaga atalgan oqshom, Mbappedan poker, "Inter"ning ilk mag'lubiyati va "Sporting" TOP-8da Yangiliklar

Vitinyaga atalgan oqshom, Mbappedan poker, "Inter"ning ilk mag'lubiyati va "Sporting" TOP-8da

Chorshanba tunida bo'lib o'tgan Chempionlar Ligasining 5-tur bahslari haqida.

Grek lanati ortda qoldimi? 

Hali biror marta g'alaba bilan ortga qaytmagan Greciyaga yo'l olishdan avval "Real" oshqozonidagi muammolari tufayli Kurtuasiz qolishdi. Etmaganiga bu mavsum hali rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagan Lunin tezkor gol o'tkazib yubordi. Ajoyib kombinaciyani Shikinyo jarima maydonchasi tashqarisidan yaqin burchakka ajoyib zarba bilan yakunladi va mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq ikkita o'yinda g'alaba qozona olmay, La Ligadagi ustunligini havoga sovurgan "qirollik klubi" inqirozini davom ettirishning imkoni bo'lmadi. Bunga Mbappe yo'l qo'ymadi. Malum bo'ldiki, "Real" hech bo'lmasa beshinchi urinishda "Olimpiakos"ni taslim etishi uchun aynan francuz etishmayotgan ekan.

Kilian etti daqiqadan kamroq vaqt ichida xet-trik qayd etib, o'yin taqdirini hal qilib qo'ygandek edi, ammo... Avvaliga Vinisius Juniorning ajoyib uzatmasidan keyin Kilian himoyachilar taqibidan qochishni uddaladi, buni avvaldan payqay olgan Vinni esa Modrichdan o'rganganlarini amalda namoyish etib berdi. Keyingi vaziyatda Mbappe uzoq davom etgan hujumda Arda Gyulerning o'ng qanotdan havodan uzatgan to'pini boshi bilan darvoza to'riga joylab qo'ydi. 29-daqiqada esa raqib himoyachilari ancha yuqori ko'tarilganini payqagan Kamavinga to'pni oldinga qulay tarzda tashlab berdi va Kilian bu safar ham mo'ljalda adashmadi. Bu orada o'yin startidan 28 daqiqa va 19 soniya o'tgandi. BU ECHL tarixidagi uchinchi eng tezkor natija. Undan chaqqonroqlar orasida Levandovski "Bavariya" safida 2022 yil "Strasbur"ga qarshi o'yinda 22 daqiqa 18 soniyada bu ishni amalga oshirib ulgurgandi, shuningdek 1996 yil milanliklar vakili Marko Simone "Rusenborg"ni 24 daqiqa 22 soniya ichida uch bor ranjitgan.

Mbappening foydasiga keltirish mumkin bo'lgan yana bir argument bu to'purar aynan kerakli pallalarda gol urgani deyish mumkin. Ikkinchi bo'limda u yana Vinisiusning uzatmasidan keyin to'rtinchi golini rasmiylashtirdi. Bu to'pning muhimligi shundaki, eronlik Mehdi Taremi faolligi orqali greklar oradagi farqni qisqartirgan va kambekka umid qilayotgan bir palla edi. Raqib himoyachilari etiboridan chetda qolgan Taremi jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va havodan uzatilgan to'pga bemalol zarba bera oldi. Yakunda sal qolishiga azgina qoldi. Chunki Mbappening to'rtinchi goligina "Real"ga g'alaba keltirdi. 81-daqiqada Ayub el Kabi oradagi farqni minimalgacha qisqartirdi, lekin qolgan daqiqalarda mezbonlar boshqa Lunin darvozasiga yo'l topa olishmadi. Natijada, "Real" ikkinchi o'rindagi PSJ bilan bir xil ochko to'plagan bo'lsada, qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha 5-pog'onaga joylashdi.


Vitinyaga atalgan oqshom

UEFA Superkubogi remeyki tanaffusgacha muxlislarni hujumkor futbol bilan quvontirmadi. 45 daqiqa ichida har ikki jamoa bir martadan darvozaga aniq zarba bera oldi, ammo PSJ va "Tottenxem"ga shu ham etarli bo'ldi. Francuz klublarini yaxshi ko'ruvchi Risharlison 35-daqiqada Kolo-Muanining uzatmasidan keyin to'pni darvozaga yo'llab qo'ydi. Birinchi bo'lim oxirgi daqiqasida Vitinya shunchalik chiroyli gol urdiki, Vikario tomoshabin rolidan boshqasiga yaramadi.

Ikkinchi bo'lim startida esa burchak zarbasi "Tottenxem"ga foyda keltirdi. Uzoq burchakka yo'natirilgan uzatma qovushmagandek va to'p maydonni tark etadigandek ko'ringandi, lekin Risharlison oxirigacha harakat qilib, havodagi kurashda yutib chiqdi, keyin esa "shporlar"ning boshqa bir hujumchisi, ijaradagi Kolo-Muani sobiq jamoadoshlarini xafa qildi. Ammo bu golga ham parijliklar Vitinyaning jarima maydonchasiga kiraverishdan yo'llagan aniq zarbasi bilan javob berishdi.

Superkubokda bo'lgani kabi Luis Enrike jamoasi xarakter va klassini namoyish qila oldi. 59-daqiqada jamoaviy pressing natijasida londonliklar uzatmada xatoga yo'l qo'yishdi va Joao Nevesh shu zahotiyoq, tovoni bilan, ajoyib uzatma orqali Fabian Ruisni qulay nuqtaga chiqardi, ispaniyalik imkoniyatdan unumli foydalandi. Qon isini olgan PSJ yana bir marta Vikario darvozasini ishg'ol etdi. Burchak zarbasidan keyin jarima maydonchasida hammadan chaqqonroq chiqqan Pacho oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Lekin "Park de Prens"dagi gollar shousi bu bilan yakunlanmadi. 72-daqiqada gollar yaratishga kirishib ketgan Vitinya endi o'z darvozasi oldida "samarali harakat" amalga oshirib, to'pni raqibga sovg'a qildi hamda Kolo-Muani bu safar ham PSJni ayab o'tirmadi. Shu zahoti xatosini tan olib, jamoadoshlaridan uzr so'ragan Vitinya 75-daqiqada penalti ishladi va o'zi uni aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o'rnatdi — 5:3.

Bu parijliklar yarim himoyachisining ECHL o'yinidagi 1997 yildan buyon birinchi xet-trigi edi. O'shanda Rai "Styaua" darvozasini 3 bor ishg'ol etgandi. Bundan tashqari PSJ ikkita zo'r rekordni o'rnatdi. Bir kalendar yil davomida hech bir jamoa Evropa Chempionlar Ligasining 13 o'yinida zafar quchmagan va raqiblari darvozasiga 50 ta gol urmagan edi. Yangi reglament va o'yinlar sonining ortishi bunga zamin yaratgandek, ammo raqamlar chindan ham fenomenal ekanligini inkor etib bo'lmaydi. Francuz klubi muxlislari xursandchiligini biroz buzgan holat, qo'shib berilgan daqiqalarda Ernandes raqibga tirsagi bilan zarba bergani uchun chetlatilgani bo'ldi.


"Inter" birinchi bor mag'lub bo'ldi

"Inter" Madriddagi o'yinni ancha agressiv boshladi va Musso ilk daqiqalardanoq ishga kirishishiga to'g'ri keldi. Jarimadan Dimarko ijrosidagi zarbadan keyin argentinalik to'pni darvoza to'qqizligidan olib chiqishni uddaladi. Keyingi xavfli vaziyat italiyaliklar darvozasi oldida yuz berdi. Karlos Augusto Juliano Simeonega uzatilgan to'p yo'liga to'g'anoq bo'la olmadi, keyin yana o'zi to'pni qaytarishda sustkashlikka yo'l qo'ydi va bundan Xulian Alvares unumli foydalandi. Hakam dastlab golni inobatga olmadi, lekin vaziyatni takroran ko'rgach, to'p Baenaning qo'liga tegmaganligini tushunib etdi hamda hisob rasman ochildi.

Ikkinchi bo'lim ham mehmonlar hujumlari bilan boshlandi. Barellaning zarbasidan keyin to'p to'singa tegib qaytgan bo'lsa, Bonni bilan devor uslubida o'ynab, zarba bergan Zelinski muvozanatni tikladi. O'tkazib yuborilgan gol Diego Simeone jamoasini ruhan sindira olmadi va madridliklar g'alabani o'z tomonlariga og'dira olishdi. Grizmann imkoniyatidan unumli foydalana olmagan bo'lsada, qo'shib berilgan daqiqada uning ishtirokidagi burchak zarbasi Ximenesning goli bilan yakunlandi. Natijada, "Atletiko" ECHLda 6-bor qo'shib berilgan daqiqadagi gol orqali g'alabani ilib ketmoqda.


PSVning yangi o'ljasi

"Liverpul" inqirozi davom etadi. O'yin boshlanganini bildiruvchi hushtakdan 6-daqiqa o'tar-o'tmas, Perishich penaltidan (to'p van Deykning qo'liga tekkandi) unumli foydalanib, hisobni ochdi. PSV raqib nomdor, lekin hozirda qiyin vaziyatda bo'lgan "Liverpul" bo'lsada, o'z ananasiga sodiq qoldi. ECHL doirasidagi 11-o'yinki niderlandiyaliklar o'zlari ham gol urishmoqda, raqib gol urishiga ham imkon berishmoqda. Bunday seriya avval faqat "Real" va "Lacio"da kuzatilgan. 16-daqiqada Soboslai muvozanatni tiklaganda, balki bazi muxlislar ingliz grandining jahli chiqdi, buyog'iga raqibni ayab o'tirmaydi, deb o'ylagandir ham. 

Amalda esa Peter Bosh jamoasi ovchi rolida edi va "Napoli"ni ham tasodifan (6:2) yutmaganini isbotladi. "Liverpul" — esa navbatdagi o'lja bo'ldi. Mersisaydliklar qatorasiga uchinchi bor yirik hisobda mag'lub bo'lishdi va Arne Slot 1992 yilda ham jamoa bilan shunday holat yuz berganini bahona qila olmasa kerak. Rahbariyatga bugungi natija muhim, bugun esa jamoa 13-o'rinda turibdi.


"Sporting" TOP-8da

Sakson daqiqa davomida "Qayrat" Kopengagenda mag'lub bo'layotgandi (80-daqiqada ham hisob 3:0 edi) va bir qarashda barchasi aniqdek edi. Vaziyat undanda yomonroq ko'rinish olishiga Anarbekovning oltita seyvi yo'l qo'ymadi deyish mumkin. 

Biroq so'nggi daqiqalarda qozoqlar intrigani qaytara olishdi. Barchasi Qozog'istonning asosiy iqtidorlaridan deyilayotgan Satpaevning golidan boshlandi. Golkiper hayolida o'yinni tugatib, nima qilishni o'ylay boshladimi bilmadik, to'pni Satpaevga bo'sh qoldirilgan darvoza bilan sovg'a qildi, keyin esa ajoyib kombinaciyani yoshlar terma jamoasi azosi Baybek golga aylantirdi. Bu futbolchining asosiy jamoadagi birinchi goli edi — va bir yo'la ECHLda!

O'tgan yili 20 yoshli futbolchi UEFAning o'smirlar Chempionlar Ligasida gol urib yurgandi. "Qayrat" uchun yana bir muhim fakt Satpaev sariq kartochkalari tufayli endi keyingi turda "Olimpiakos"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishga majbur.


"Sporting" uchrashuv startidayoq bir kishi kam bo'lib qolishi mumkin edi. Ammo VAR yordamga keldi va Yulmannning qizili bekor qilindi. Shveciyalik chindan oyog'ini baland ko'targandi, lekin oxirgi pallada u oyog'ini tushirishga harakat qilgan hamda raqibning yuziga zarba bermagandi. Teng tarkiblarda esa "sherlar" "Bryugge"dan kuchliroq ekanligini isbotlay olishdi. Uchrashuvda Lissabonliklarning asosiy iqtidorlari — Kenda va Katamo o'zini yaxshi ko'rsatdi. Birinchisi gol urgan bo'lsa, ikkinchisi Suaresga golli uzatma etkazib berdi. "Sporting" ushbu g'alabadan so'ng TOP-8ga kirib oldi.


Kun statistikasi

"Bavariya" yarim himoyachisi Karl "Arsenal"ga ECHLda gol urgan 17 yoshli 1-futbolchiga aylandi.

Keyn faoliyatida ilk bor "Arsenal"ga qarshi uchrashuvda biror marta zarba bera olmadi.

"Liverpul" mavsumning birinchi 20 o'yinidan 9 tasida mag'lub bo'ldi, bunaqasi 2014 yildan buyon bo'lmagandi. O'shanda "qizillar" bosh murabbiyi Brendan Rojers edi.

Luis Enrike PSJ bosh murabbiyi sifatida 95-g'alabasini qo'lga kiritdi. Ispaniyalik bu borada Tomas Tuxelga etib oldi, lekin germaniyalik bu natijaga erishish uchun 10 ta kam bellashuv etarli bo'lgan (127 — 137)

ECHLda gol urgan futbolchilar 108 turli davlatdan edi. "Qayrat" futbolchisi Satpaevning aniq zarbasidan keyin bu ro'yxatga Qozog'iston ham qo'shildi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика