So’nggi yangiliklar

01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  0 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  1 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  24 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1

U tennischi bo'lmoqchi edi, biroq futbolni sevib qoldi Yangiliklar

U tennischi bo'lmoqchi edi, biroq futbolni sevib qoldi

Teglar :  Alvaro Morata
Alvaro uch yoshligida birinchi marta to'pni tepdi.

O'shanda u kichikkina bolakay edi. U shunday kichik bo'lgandiki, Morataning aytishiga ko'ra, to'p uning beli baravar bo'lib turgandi. Biroq bu unga xalaqit qilmadi: nonushta, tushlik, hatto kechki ovqat vaqtida ham stolning tagida, maktabga ketishda va qaytishda ham to'pni tepardi.

Alvaro o'sib-ulg'aygan Madridning shimoliy tumanida faqatgina bir futbol maktabi bor edi. Uni "Real" moliyaviy tomondan qo'llab-quvvatlardi. SHu boisdan bolaligida Morata ko'p bora "Santyago Bernabeu"ga Raul, Roberto Karlos va o'zining kumiri Fernando Morentesning qo'lini ushlab chiqdi. O'sha vaqtlarda Madridning uch klubi - "Real", "Atletiko" va "Rayo Valekano" kabi jamoalarning skautlari uning o'yinlarini kuzatib borishardi.

Alvaroning otasi Alfonso va onasi Susana umri davomida faqatgina "Real"ga muxlis bo'lishdi, bobosi Ignasio esa "Atletiko"ni qo'llab-quvvatlardi. Morata esa ikki tomonning o'rtasida ko'p "sarson" bo'lardi. "Real" va "Atletiko" jamoalarining o'zaro uchrashuvini esa oila azolari bilan yuqori hissiyot-la tomosha qilardi. Alvaro yakunda "Real"ni tanladi.

Alvaro yoshligida sermahsullikni namoyish qila olgan. Misol uchun u 7 yoshgacha bo'lgan vaqtida 120ta gol kiritgan, bu esa juda ko'p. Bunday yuqori natijalar orqali u "Real" va "Atletiko"ning nazariga tushishi aniq edi. Biroq qandaydir lahzalarda orzular sarobga aylanishi ehtimoli ko'paydi: Alvaroning ota-onasi uning futbolga borishini taqiqlab qo'ydi. Alvaro professionallikni orzu qilayotgan bir vaqtda Alfonso va Susana o'g'lining kasbsiz, malumotsiz qolib ketishidan qo'rqdi. Morata darslarda har doim yomon baho olardi. SHuningdek, mashg'ulotlar tufayli darslarga borgisi kelmasdi. Ota-ona esa uni xirurg etib tarbiyashni niyat qilishdi.

Biroq oradan ko'p o'tmay klublardan qo'ng'iroqlar bo'ldi, ota va ona o'g'liga yana bir bor imkoniyat berdi. U "Atletiko" akademiyasiga qabul qilindi. Buning bir necha afzalliklari bor edi. Birinchidan, Morata uchun "Atletiko" akademiyasi "Real" akademiyasiga qaraganda yaqinroq. Ikkinchidan, "Real"ga qaraganda "Atletiko"da raqobat pastroq va u erda professional futbolchi bo'lish imkoniyati katta.

MORATA - TENNISCHI?!

Ikki yil davomida "Atletiko"ning yoshlar jamoasi tarkibida bo'lgan Alvaroning futboldan ko'ngli soviydi: murabbiylar yuqori yuklama beradigan mashg'ulotlarni o'tkazishdi, oldingi futbol maktabidagi engillik yo'q edi. Morata qiyinchiliklarga dosh bera olmadi va tennisga o'tishni o'ylab qoldi.

"O'shanda futboldan zavqlanmay qolgandim, unga bo'lgan sevgimni yo'qotdim. Tennisga o'tishni o'yladim, chunki bu sport bilan yaxshi tanish edim. Futboldan ko'ra tennisni yaxshi o'ynardim. CHunki tennis uchun etarlicha salohiyatim bor edi", - dedi Morata.

Biroq u baribir futbolga qaytdi va yana professionallikka intildi.

YANA FUTBOLNI SEVDI VA O'SISHGA INTILDI

Alvaroning "Atletiko"dan ketishi futbolga bo'lgan muhabbatini qaytardi: sevimli ishini qaytadan boshladi. U mahalliy "Sona Norte" jamoasi bilan shug'ullanishga kirishib ketdi. Tez orada u "Real" va "Atletiko"ga qaraganda biroz kamtarroq "Xetafe"ning yoshlar jamoasiga borib qo'shildi.

"Sona Norte" jamoasi bilan mashg'ulotlarda qatnashganim faoliyatimdagi burilish bo'lgandi. Yana futboldan zavqlana boshladim, barchadan ko'proq gollar urdim, "Xetafe"da porladim, u erdan "Real"ga chorlov bo'ldi. Menda ikki variant bor edi: yoki yoshlar bilan shug'ullanaverardim yoki qiyin bo'lsa-da professionallikka qadam tashlashim kerak edi. Ushbu tanlovda o'zim qaror chiqardim", - dedi Morata.

2008 yilda Alvaroni "Real"ning yoshlar jamoasi tarkibiga chaqirishdi. "Atletiko"dan ketish va "Real"ga borish orasidagi farq 1 yilni tashkil etdi.

Bir pasda yoshgina Morata o'zgarib ketdi. 14 yoshigacha u kichikkina edi, jismoniy jihatdan kuchli emasdi. Raqib himoyachilaridan asosan tezligi bilan o'tib ketardi. Hozir esa u jismoniy jihatdan ham kuchli. U "Real"ning U-17 jamoasi bilan Los-Anjelesga borganida Fernando Torresni ko'rib qoldi va rasmga tushdi. O'shanda Morataning bo'yi "CHelsi" yulduzining ko'kragigacha zo'rg'a etgandi.

14 yoshidan keyin Alvaro o'sishni boshladi, bu esa yangi azob va qulayliklar taqdim etdi. Forvard o'zining tezkorlik bilan o'sayotgan tanasiga tezda ko'nika olmadi: baribir kichik va tezkor qadamlarni tashlayverdi, biroq buning yomon tomoni ko'rinmadi. U o'z qadamlarini kattalashtirish uchun har kuni maydonda fishkalar, elastik lentalar bilan mashq qilardi. Qiyin, biroq vaziyatdan chiqishning boshqa yo'li yo'q edi.

Bunday mashg'ulotlar alo darajadagi natijalarni taqdim etdi. 2010 yilga qadar Morata yoshlar tarkibida harakat qildi va o'z yoshi bo'yicha Ispaniya terma jamoasi uchun yaxshi futbolchiga aylandi. 2009 yilda yoshlar o'rtasidagi JCHda bronza, 2011 yilda U-19 termasi bilan Evro g'olibi bo'ldi. Oradan ikki yil o'tib, ushbu natijani U-21 tarkibida ham takrorladi. U ko'plab gollar kiritgani uchun termaning asosiy hujumchisi bo'lib oldi.

HAVF

2009/10 yilgi mavsum tugaganidan keyin Morata biroz dam olish uchun Malagaga bordi. U erda bo'lib turganida klubdan qo'ng'iroq bo'ldi:

- Joze Mourino seni AQSHdagi mavsumoldi turnesida qatnashish uchun olib ketmoqchi, tayyorlan.

- Men endigina dam olmoqchi edim...

"Hatto pasportim qaerdaligini ham bilmayman. SHunday asabiylashardim, nima qilishimni o'zim bilmasdim. Yig'ladim, biroq Madridga birinchi poezddayoq jo'nadim.

Bu yoqimli hissiyotlar edi. Birinchi marta mavsumoldi turnesiga... Ajoyib... Krishtianu Ronalduning o'rniga zaxiradan maydonga tushdim. Barcha yulduz futbolchilar men bilan ajoyib munosabatda bo'lishdi“, - dedi Morata.

Asosiy tarkibga qo'shilish "o'xshamadi“. 2010/11 yilgi mavsumda u "Real"ning ikkinchi jamoasi uchun o'ynadi. Yanvar oyida Benzema va Iguain jarohat olgan vaqtida esa Morata "Kastilya" tarkibida ketma ket 4 o'yinda 5 gol kiritishga erishdi. Biroq Mourino Emmanuel Adebayorni transfer qildi.

Morata har doim o'ziga beriladigan imkoniyatni kutdi: keyingi mavsumda Primeroda unga 10 daqiqa vaqt berishdi, biroq uning kuchini baribir "Kastilya" uchun ishlatishdi. Bu 10 daqiqa ham uning Ispaniyaning turli yoshlardagi termasida ko'rsatgan o'yinlari, Evro-2013ning "Oltin butsa"sini qo'lga kiritgani uchun berilgandi.

Morata "Real"ni sevadi, biroq u ham bir mavsumda 20dan oshiqroq o'yinlarda qatnashishni istardi. Busiz "qotil-hujumchi"ni tarbiyalash qiyin. 2014 yilning yozida u "Yuventus" tarkibiga borib qo'shildi. Uning keyingi taqdiri qanday bo'lganini barcha yaxshi biladi: Morataning gollari "Yuve" "Real"ning to'sig'idan o'tib olishi uchun yordam berdi. Bu bilan ispaniyalik futbolchi qanday darajada ekanligini ko'rsatgandek bo'ldi.

"Yutuqlar birinchi navbatda mehnatsevarlik evaziga keladi. SHundagina nimani istasang o'sha yo'ldan keta olasan. Men qo'rqmaslikni, o'zimni ehtiyot qilishni o'rgandim. Jamoaviy o'yinlarning bir bo'lagi bo'lishni yoqtiraman: o'zingni ham o'ylashing, yoningdagilar haqida ham qayg'urishing kerak. Asosiysi jamoada oilaviy atmosfera hukmron bo'lishi darkor", - dedi Morata.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика