"U hamon eng zo'ri ekanligini isbotlamoqchi". Marselo joyini Mendiga berib qo'yish niyatida emas
10 iyu 2020 14:01
Yangiliklar


"U hamon eng zo'ri ekanligini isbotlamoqchi". Marselo joyini Mendiga berib qo'yish niyatida emas
Marca Radio xabar berishicha, Marselo asosiy tarkib uchun Ferlan Mendi bilan kuchli raqobatga qaramay, yaqin orada "Santyago Bernabeu"ni tark etish niyatida emas.
"Marselo o'ziga xos "kambek" qilmoqchi. U Zidanga hamon o'z poziciyasida eng zo'ri ekanligini isbotlamoqchi".
"U "Madrid"ni tark etmoqchi emas va aksincha, bu erda uzoq vaqtga qolish niyatida. Marselo "Real Madrid"da iloji boricha ko'proq o'ynashni istaydi".
O'tgan yoz jamoaga "Lion"dan Mendi kelgach, Marselo uchun ajratiladigan o'yin vaqti sezilarli tarzda kamaygan.
Bu mavsum braziliyalik himoyachi La Liga doirasida 11 uchrashuvda maydonga tushdi. Biroq shu o'rinda futbolchi ko'p vaqtni jarohatidan qutilish uchun sarflaganini ham etirof etish lozim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar