So’nggi yangiliklar

22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  3 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  2 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  5 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  10 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  4 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  2 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  3 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  3 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  5 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  5 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  1

U baribir Maradona emas Yangiliklar

U baribir Maradona emas

“Oltin to'p” nomzodlari o'ttiztaligiga kirgan Leo Messi katta qiyinchilik bilan bo'lsa ham, Argentina termasini Rossiyada bo'lib o'tadigan JCHga olib chiqdi.

Ha, aynan Messi termasini mundialga olib chiqdi. Boshi berk ko'chaga kirib qolgan argentinaliklar, etmaganiga, hal qiluvchi o'yinning boshidayoq gol o'tkazib yuborishdi. Ammo Leo to'rt yillikning asosiy musobaqasini televizor orqali tomosha qilish niyatida emasdi. Bu borada unga qoyil qolmay iloj yo'q! Messini futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblaydiganlar talaygina. Biroy bu fikrga qo'shilmaydiganlar ham yo'q emas. FIFA prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi gumondorlar terma jamoada unvon etishmasligini aytib o'tishmoqda.

Kuni-kecha Ispaniya 8-tur doirasida Atletiko - Barselona uchrashuvi bo'lib o'tdi. O'yin 1:1 hisobida yakunlandi, argentinalik esa gol ura olmadi. SHu kabi o'yinlardan so'ng, Messi eng buyuk emas deganlar ham “o'zicha” asosga ega bo'ladi.

Messida 5ta “oltin to'p” bo'lishiga qaramay, mundialda g'alaba qozonmasdan Maradona va Pele bilan raqobatlasha olmaydimi? Eng buyuk bo'lish uchun shahsiy sovrinlar kamlik qiladimi? 

Janni Infantino, FIFA prezidenti: “Messi - ajoyib o'yinchi, lekin u hali Jahon CHempionatida g'alaba qozonishi kerak. CHunki tarix mundialda yutmagan barcha buyuk futbolchilarni yodida saqlaydi. Biroq aynan shu sovrin Maradonani noyob futbolchi bo'lishiga sabab bo'lgan. Uning o'ziga xos jihati shundaki, yakka o'zi klubda ham, termada ham asosiy rolda o'ynab, jamoasiga bir qancha sovrinlar olib kelgan”.


Mario Kempes, Argentina terma jamoasining sobiq o'yinchisi, 1978 yil jahon chempioni: Rossiya Jahon CHempionatida Argentina terma jamoasi va Messi ishtirok etmasligi daxshatli voqeabo'lardi. Bundan faqatgina Maradona muxlislarining boshi osmonga etardi. Ular aynan shunda Diego futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchi bo'lib qoladi deb hisoblashadi”.

SHaka Xislop, “Vest Xem”, Trinidad va Tobago termasi sobiq darvozaboni: “Aniq qilib ayta olamanki, Messi butun faoliyati davomidagi eng yaxshi futbolchi bo'lgan deyish biroz noto'g'ri. CHunki u Jahon CHempionati g'olibi bo'lmagan. Maradona va Pele nimaga qodir ekanini ko'rmaganlargina Messini bu buyuklardan yaxshi yoki yomon deyishi mumkin”.

Diego Simeone, Argentina termasi sobiq o'yinchisi va “Atletiko” jamoasining bosh murabbiyi: “Men hech qachon Messini Maradona bilan solishtirmayman. CHunki bu noto'g'ri. Sababi, bu ikki o'yinchining ham bir qancha o'ziga xos xususiyatlari bor”.


Romario: “Messi, Ronaldu va Neymar bilan bir qatorda zamonaviy futbolning eng kuchlilaridan hisoblanadi. Ha, Messi besh bor “Oltin to'p”ni qo'lga kiritdi, menga nima? Men 1000ta gol urganman va Jahon CHempionatida zafar quchganman. Argentinalik va Ronaldu bu natijaga erisha oladimi? Maradona ularning ikkalasini ham ortda qoldiradi. Diego Argentina termasi uchun Messidan ko'proq narsa qilgan. Ularga hurmatni saqlagan holda aytishim kerakki, men ularning uchalasidan ham kuchliroq bo'lganman”.

Pedro Trolo, Argentina terma jamoasining sobiq o'yinchisi: “Muhabbatdan nafratgacha bir qadam. Bunga Messi ham yo'liqib qolishi mumkin. Lekin, odamlar shuni tushunishi kerak, bu terma jamoada kuchlilar yig'ilganiga qaramay, “Barcelona”da Leoni “bor qilgan” Xavi va Inesta hozir yo'q!”

Arnold SHvarcenegger, mashxur kinoakter: “Hech kimni boshqasi bilan taqqoslash niyatim yo'q. SHunchaki aytmoqchimanki, Messi - futbol terminatori! Biz uni shunday atashga haqqimiz bor, chunki u bunga loyiq!”

Karlos Valderrama, Kolumbiya terma jamoasining sobiq o'yinchisi: “Messi yo Maradona? Axir, bu erda solishtiradigan narsaning o'zi yo'q-ku?! Albatta, Diego eng zo'r futbolchi! Messi ham yaxshi o'yinchi, lekin u Maradona emas. Ularni solishtirish adolatdan emas. Messining o'rnida kim bo'lishidan qatiy nazar, Diego darajasiga eta olmaydi”.

Usman Dembele, “Barcelona” hujumchisi: “Men, futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi, Messi bilan bir jamoada o'ynashdan faxrlanaman”.

Mino Rayola, mashxur futbol agenti: “Messi ajoyib o'yinchi bo'lishiga qaramay, terma jamoa va boshqa chempionatlarda sovrin yutmay turib, faqatgina klublar doirasidagi zafarlar ishtirok etgani uning buyukligi uchun etarli deb ayta olmayman”.


Xosep Gvardiola, “Barcelona” sobiq murabbiyi va “Manchester siti” bosh murabbiyi: “Men ko'rgan futbolchilar ichida Messi eng yaxshisi. Bunga sabab, u hamma narsani oson bajara oladi. Eng buyuk deb kimni aytish mumkin bilasizmi? 3-4 raqibni aldab o'tganni emas, balki qarshi jamoadagi barchani aldab o'ta olganni buyuk deyish mumkin. Leo esa bu borada hech ham adashmaydi”.

Kvinsi Promes, “Spartak” hujumchisi: “Men faqat o'z ko'zlarim bilan ko'rgan va guvoh bo'lgan narsalarim haqida gapira olaman. Messining o'yinini kuzatganimda, xuddi u boshqa sayyoradan kelgandek, go'yo. Aynan men uchun u futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi”.

Korrado Ferlaino, “Napoli” sobiq prezidenti: “Messi Argentinadek kuchli tarkibga ega jamoada o'ynasa-da, yutuqlarga erishishda biroz qiynalmoqda. Maradona davrida tarkibda bundaylar nisbatan kamroq edi. SHunday bo'lishiga qaramay, u Jahon CHempionatida yutdi. Xullas, Diego - eng zo'ri!”

Ruud Gullit, Niderlandiya termasining sobiq o'yinchisi: “Maradona nafaqat buyuk futbolchi, balki haqiqiy rahbar ham bo'lgan. JCH-1986da g'alabaga qanday erishish mumkinligini yaxshi bilgan. Messining ham o'ziga xos xususiyatlari bor: u vaqt, hakam va OAV tomondan himoyalangan. Diego esa raqiblari uning oyoqlarini osongina sindirishi mumkinligini yodda tutgan holda faoliyat yuritgan”.


Fabio Kapello: “Pele, Maradona va Messi - futbol tarixidagi eng yaxshi 3ta o'yinchi. Odamlar ularning o'yinini turgan holda qarsak chalib tomosha qiladi”.

Fernando Redondo, “Real” va Argentina terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi: “Messi - Maradonaga teng. Biz, argentinaliklar, shunday ikki buyuk futbolchi vatandoshlarimiz ekanligidan faxrlanishimiz kerak”.

Antonio Kassano, Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi: “Hozir Maradona davridagidek futbol emas. U biroz qiyinlashgan va unda alohida jismoniy tayyorgarlik talab etiladi. Raqobat ham kuchli. SHunday vaziyatda ham Messi 5ta “Oltin to'p”ga sazovor bo'ldi. “Barcelona” safida 30dan ortiq sovrin olishga erishdi. SHu sababli, u hammadan ustun”.

Roberto Ayyala, Argentina termasining sobiq himoyachisi: “Lionel - bugunning eng yaxshi futbolchisi, lekin tarixda faqat Maradona eng zo'ri bo'lgan”.

Ronaldo, fenomen: “Messi - o'zga sayyoralik. Biroq, Pele va Maradona ulardan keyingilardan ancha ustun”.

Xavi, Ispaniya termasi va “Barcelona” sobiq yarim himoyachisi: “Pele va Maradona o'yin rivojiga katta hissa qo'shdi. Ammo, Messi baribir zo'r!”

Xorxe Valdano, Argentina termasi sobiq o'yinchisi: “Maradona va Messining istedodlari bir-biriga o'xshash. Ammo Diego millat qahramoni bo'lib, Angliya ustidan g'alaba qozonib, Argentina va dunyodagi eng yaxshi o'yinchiga aylandi”.

Ugo Sanches, Meksika termasi va “Real” sobiq hujumchisi: “Pele - timsol, ammo u hamma joyda Maradona bilan birga bo'lgan. Messi Diego bilan taqqoslandi va bu borada Peleni ortda qoldirishi ham mumkin. Ammo bu uchun Argentina terma jamoasida nimadir yutishi kerak”.

Klaudio Jentile, Italiya termasining sobiq o'yinchisi: “Maradona kuchliroq. Messi Jahon CHempionatida g'olib bo'lmaguncha, ularni taqqoslab bo'lmaydi. Messi ko'pincha hal qiluvchi o'yinlarda o'zini yo'qotib qo'yadi. Menimcha, hatto Ronaldu ham uni ancha ortda qoldira oladi”.


Pele, futbol qiroli: “Messi - so'nggi 15 yillikdagi futbol shaxzodasi. Yo'q, qirol emas. CHunki ota-onam “fabrika”ni allaqachon yopishgan. Faqat bitta qirol bor. Argentinaliklar haqida gapiradigan bo'lsam, Messi yo Maradonani eng zo'ri demayman. Sababi ulardan ham zo'ri bor - Di Stefano. U ularga qaraganda ko'p qirrali o'yinchi”.

Diego Armando Maradona: “Men futbolda ajoyib faoliyat olib bordim va doim maydonda zavqlanishga harakat qildim. Endi buni mening o'rnimga Messi amalga oshirsin. Ikkimiz o'rtamizda hech qanday taqqoslash bo'lishi mumkin emas”.


Gennadiy Orlov, “Zenit” ovozi: “Messi “Zenit” uchun yaralmagan. Bizda esa yillar o'tgan sari undan ham kuchli futbolchilar voyaga etadi. Men ko'p orzu qilaman va bir kun kelib bu orzum amalga oshishiga ishonaman”.


Rezyume. Messi futbol tarixidagi eng kuchli futbolchi emas
Yuqorida keltirgan fikrlar argentinalik o'yini haqidagi gaplarning barchasi emas, bu bor yo'g'i qiziqarliroq tuyulganlari. Ammo umumiy tasavvurga ega bo'lish uchun etarlidek. Messi futbol tarixidagi eng yaxshisi emas, Maradona va Peleni yuqoriroq qo'yuvchilarning aniq va kuchli fakti mavjud. Messi JCHda g'olib bo'lmagan! Kelib chiqadiki, Janni Infantino bu borada yolg'iz emas. Argentinaning o'zida Maradona muxlislari baribir ko'proq. CHunki Diego nafaqat jamoa JCHga chiqishida xizmat qilgan, balki uni o'sha musobaqada zafar quchishida muhim rol o'ynagan va butun mamlakatga quvonch olib kela olgan. Bordiyu, Messi ham o'sha natijani takrorlay olsa, baho beruvchilarning fikri o'zgarishi mumkin. CHunki doimo yangi g'alabalar eskilaridan ko'ra, qadrliroq, tasiri kuchliroq bo'ladi. Hozircha esa Leo tomonda faqat uning sobiq va hozirgi jamoadoshlari, hamda Argentinada uning ajoyib o'yinlarini ko'rib o'sgan yosh futbolchilar bor xolos. 


Demak, savol hamon ochiq qolmoqda! Messi Jahon CHempionatida Argentina bilan qanday natija qayd etishi juda muhim. Kim biladi deysiz, balki bu Lionel Messi faoliyatidagi eng muhim turnirdir.


Xorij saytlaridan Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика