Zidan diskvalifikaciya qilindi
22 jan 13:24
Yangiliklar
Zidan diskvalifikaciya qilindi
Afrika futbol konfederaciyasi (CAF) Afrika Millatlari Kubogi chorak finalidan keyin yuzaga kelgan keskin hodisada ishtirok etgani uchun darvozabon Luka Zidanni 2 o'yinga diskvalifikaciya qilganini tasdiqladi.
O'sha bahsda Nigeriya Jazoirni 2:0 hisobida mag'lub etib, yarim finalga yo'l olgandi. Final hushtagi chalingandan keyin maydonda keskinlik avj oldi va bahs tortishuvli holat bilan yakunlandi.
Jazoir terma jamoasi darvozaboni, futbol afsonasi Zinedin Zidanning o'g'li Luka to'qnashuvga aralashib, Nigeriya termasi yarim himoyachisi Rafael Onedikani turtib yubordi.

Hisobotlar va videodalillar o'rganilgandan so'ng CAF Zidanning harakati intizom qoidalariga zid ekanini aniqladi. Boshqaruv organi diskvalifikaciya 2027 yilgi Afrika Millatlari Kubogi saralash o'yinlari davomida o'talishini malum qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar