"Al Ittihod" Messini istalgan shartlar asosida safiga qo'shib olishga tayyor
15 jan 12:47
Yangiliklar
"Al Ittihod" Messini istalgan shartlar asosida safiga qo'shib olishga tayyor
Argentina superyulduzi o'tgan kuzda "Inter Mayami" bilan shartnomasini 2028 yil oxirigacha uzaytirganiga qaramay, Saudiya Arabistonida buni yashirishmayapti: agar 38 yoshli hujumchi bir kuni klubini almashtirish haqida o'ylab qolsa, u erda uni ochiq quchoq bilan kutib olishadi.
Al Haylining so'zlariga ko'ra, "Al Ittihod" uchun zamonaviy futbolning eng etuk o'yinchisi bilan muzokaralarda moliyaviy cheklovlar mavjud emas. Klub rahbari Messiga istalgan muddatga, hatto umrbod shartnoma taklif qilishga ham tayyor ekanini, shuningdek, maosh masalasida to'liq erkinlik berish mumkinligini takidladi.
"Meni raqamlar qiziqtirmaydi. Men faqat bitta narsani xohlayman — Messi "Al Ittihod" libosini kiyishini. U — tarixdagi eng ulug' futbolchi", – dedi Al Hayli.
Lionel Messi 2023 yilning yozidan beri "Inter Mayami" sharafini himoya qilib kelmoqda va haligacha MLS'ning asosiy ramzi bo'lib qolmoqda. Biroq Saudiya Arabistonida, agar afsona qitani o'zgartirishga qaror qilsa, keyingi qadamni tashlashga allaqachon tayyor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи
Fikrlar
2. Абрамович оқ қоғозга истаган маошни ёзишни таклиф қилиши.
3. Ал Ҳилол 3 йиллик шартномага 1 млрд маош.
4. Ал Иттиҳод исталган сумма.