So’nggi yangiliklar

01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  29 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  8 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  4 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  104 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  19 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  4 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6

U-23 Osiyo Kubogining yorqin yulduzlari. Ro'yxatda o'zbekistonlik futbolchi ham bor Yangiliklar

U-23 Osiyo Kubogining yorqin yulduzlari. Ro'yxatda o'zbekistonlik futbolchi ham bor

Bugundan O'zbekistonda U-23 Osiyo Kubogi start oladi.

Bunday turnirlar yosh futbolchilarga o'zini ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyatdir. SHunday qilib, "Championat.asia" jamoalar tarkiblarini o'rganib chiqdi va U-23 Osiyo Kubogida kuzatib borish lozim bo'lgan futbolchilar ro'yxatini tuzdi. Ularning barchasi musobaqadan so'ng yuqori darajaga ko'tarilishi mumkin.


Xon Xyon Sok, Janubiy Koreya

22 yosh, LASK (Avstriya)

Xon Xyon Sok – Evropada to'p tepadigan kam sonli futbolchilardan biri. U futbol sir-asrorlarini o'z mamlakatida o'rgangan, shundan keyin Germaniya tomon yo'l olgan. Sok oxirgi 2 yildan beri Avstriyada o'ynamoqda.

Koreyalik o'yinchi maydon markazida, "box-to-box" poziciyasida harakatlanadi. U juda harakatchan bo'lib, hujumni ham tez-tez qo'llab-quvvatlaydi. U ushbu mavsumda LASK uchun 40 ta o'yinda qatnashgan (ulardan 12 tasi Konferenciyalar Ligasida). Sok mazkur bahslarda 1 ta gol urgan hamda 8 marta sheriklarini golli pas bilan taminlagan. VIDEO


Li Kan In, Janubiy Koreya

21 yosh, "Malorka" (Ispaniya)

Ehtimol, 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi eng yulduz futbolchi. Li Kan In futbol muxlislariga, birinchi navbatda, Ispaniya futboli ixlosmanjlariga yaxshi tanish. Koreyalik futbolchi mana bir necha yildirki, La Ligada to'p tepmoqda: avvaliga "Valensiya"da, endilikda "Malorka"da.

Transfermarkt 2020 yilning oktyabr oyida Li Kan Inni 20 million evroga baholagan edi. Hozir uning narxi 8 million evroni tashkil etadi. Vaholanki, u bo'lajak turnirning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Li Kan In milliy terma jamoa safida oltita o'yin o'tkazgan. O'tgan mavsumda u "Malorka" tarkibida 34 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. VIDEO 


Daiki Macuoka, Yaponiya

20 yosh, "SHimizu S-Pals" (Yaponiya)

Yosh bo'lishiga qaramay, Macuoka allaqachon Yaponiyaning birinchi jamoasidan chaqiruv olgan – ammo u hali jamoada debyut qilganicha yo'q. Daiki tayanch yarim himoyasida o'ynaydi va maydonni ko'ra olish qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turadi, u ajoyib "birinchi pas"ga ega. Qolaversa, Macuoka to'pni olib qo'yish va to'pni qabul qilishda yaxshi.

Daiki o'tgan yili o'z klubi "SHimizu S-Pals"da boshlang'ich tarkib azosi edi. Biroq bu yil Macuoka asosiy tarkibdan tushib qoldi. Bunga uning yanvar oyi oxirida olgan jarohati sabab bo'lgan. Daiki sekin-asta optimal formaga qaytmoqda va U-23 Osiyo Kubogi u eng yaxshi o'yinini ko'rsatishi uchun yaxshi imkoniyatdir. VIDEO


Tanavat Suengchittavon, Tailand

22 yosh, "Lester Siti" (Angliya)

Tailandda tug'ilgan Suengchittavon erta yoshida onasi bilan Franciyaga ko'chib o'tgan. Tanavat xuddi shu joyda – "Nansi" akademiyasida futbol talimini oldi. U hatto Franciya yoshlar terma jamoasida ham o'ynagan, u erda Orelen Tchuameni va Amin Guiri kabi futbolchilar bilan yo'llari kesishgan.

Suengchittavon 2020 yil sentyabrda "Lester Siti"ga o'tdi. Garchi bir necha marta qaydnomaga kirgan bo'lsa ham, birinchi jamoa uchun hali birorta o'yin o'tkazmadi. Poziciyasiga kelsak, Tanavat – hujumkor yarim himoyachi. U Tailand terma jamoasida 9 ta o'yinda maydonga tushgan. VIDEO


Yosin Salmoni, Eron 

20 yosh, "Sepaxon" (Eron)


Ayni paytda Eron OFKning eng kuchli jamoasi bo'lib, FIFA reytingida 21-o'rinni egallab turibdi. SHunday ekan, Eron olimpiya terma jamoasi katta ehtimol bilan U-23 Osiyo Kubogida g'oliblik uchun kurashadi.

Jamoaning asosiy futbolchisi Yosin Salmoni sanaladi. U yaqinda OCHLda "Paxtakor"ga qarshi o'ynagan "Sepaxon" jamoasi sharafini himoya qiladi. Salmoni Eronning asosiy jamoasiga chaqirilgan, biroq hali debyutini o'tkazmagan. Yosin hujumkor yarim himoyachi sifatida o'ynaydi. Uning kuchli tomonlari – zarba berish, maydonni ko'rish va dribling. VIDEO


Husayn Norchaev, O'zbekiston

20 yosh, "Nasaf" (O'zbekiston)

Norchaev – hozirda O'zbekistonning eng yaxshi yosh yulduzi. Husayn “Nasaf” etakchilaridan biri: joriy mavsumda uning hisobida 16 ta o'yin, 6 ta gol va 3 ta golli uzatma bor. Norchaev OCHLda ham uchta sermahsul harakatni amalga oshirdi.

Husayn O'zbekiston terma jamoasi safida 1 ta o'yin o'tkazdi. Norchaev kelajakda "ikkinchi SHomurodov"ga aylanib, Evropaga ketishi mumkin. U-23 Kubogi u o'zini ko'rsatishi uchun o'ziga xos ko'rgazma, chunki bunday turnirlarda har doim Evropa klublaridan skautlar ko'p bo'ladi. VIDEO


Nikolay Egorichev tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика