U-23 Osiyo chempionati. Toshkentda tashlangan quraga o'zgartirish kiritildi
11 avg 2021 14:37
Yangiliklar
U-23 Osiyo chempionati. Toshkentda tashlangan quraga o'zgartirish kiritildi
Esingizda bo'lsa, shu yilning 9 iyul kuni 2022 yil O'zbekiston mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo chempionati saralash uchrashuvlariga qura tashlangandi. Qura natijalariga ko'ra, 42ta jamoa 11ta guruhga bo'lingan.
Lekin KXDR termasi saralash o'yinlarida qatnashishdan bosh tortgani uchun bugun boshqatdan qura marosimi o'tkazildi. Unga ko'ra, KXDR o'rnini Gongong U-23 terma jamoasi egalladi. Endilikda Yaponiya va Kambodja bilan Gonkong bahs olib boradi.
O'zbekiston U-23 terma jamoasi saralash bosqichida konkursdan tashqari qatnashadi. Saralash bellashuvlari shu yilning oktyabr oyida bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-23 "D" guruhida joy olgan bo'lib, o'z o'yinlarini Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Quvaytga qarshi o'tkazadi. Bizning guruh uchrashuvlariga Quvayt mezbonlik qiladi.
Fikrlar