So’nggi yangiliklar

08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  0 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  4 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  63 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  45 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1

U-23 Osiyo chempionati sabab Superliga 11-turidagi ikki o'yin qoldirildi Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati sabab Superliga 11-turidagi ikki o'yin qoldirildi

Uch kun avval O'zbekiston futbol associaciyasi Superliga futbol klublariga xat yo'llab, O'zbekiston U-23 termasiga jalb etilgan futbolchilar nomini oshkor qildi.

Malum bo'ldiki, Temur Kapadze jamoasida “Paxtakor”ning to'rt hamda “Nasaf”ning uch nafar futbolchisi bor.

Terma yig'ini 20 may sanasidan start olishi ko'rsatib o'tilgan. Biroq bu vaqtdan boshlab to qita chempionati startiga qadar Superliga klublari yana ikki turda maydonga tushishlari avvaldan begilab qo'yilgandi. Umuman olganda taqvim O'FA taqdim etgan ishchi reja asosida ishlab chiqilgan. SHu reja asosida avvaldan “Olimpik” futbol klubining ikki uchrashuvi Osiyo chempionatidan keyinga qoldirilgan.

Reglamentga ko'ra esa milliy va olimpiya terma jamoasiga uch va undan ortiq futbolchisini yuborayotgan futbol klublari tur o'yinini qoldirishni so'rab murojaat qilishga haqli. SHundan kelib chiqib, “Nasaf” va “Paxtakor” klublarining o'yinlarini tashkil qilish masalasi yana so'roq ostida qoldi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi klublar bilan o'zaro kelishgan holda terma bosh murabbiyiga taklif bilan chiqdi hamda ikki kundan keyin start olishi kutilayotgan 10-tur uchrashuvlarini saqlab qoldi. Kapadze “Nasaf” mazkur turda Xusain Norchaev xizmatidan, “Paxtakor” esa Hojimat Erkinov hamda Abbos Fayzullaev xizmatidan foydalanishiga rozi bo'ldi.

Biroq bu futbolchilar 11-turda baribir o'z klublariga yordam bera olmaydi. Malum bo'lishicha, yaqin kunlar ichida U-23 terma jamoasi qita chempionati oldidan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

SHundan kelib chiqib, Coca-cola Superliga 11-turidan o'rin olgan qolgan uchrashuvlar o'z vaqtida bo'lib o'tadi. “Dinamo” — “Nasaf” hamda “So'g'diyona” — “Paxtakor” uchrashuvlarining yangi sanalari esa keyinroq elon qilinadi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi olimpiya terma jamoasining keyingi rejalariga to'la oydinlik kiritilmaguniga qadar tanaffusdan keyingi uchrashuvlar sanalarini elon qilishga shoshilmaydi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика