So’nggi yangiliklar

19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  2 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  1 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  8 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  16 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  36 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1

U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi startidan avval o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi Yangiliklar

U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi startidan avval o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi

O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi 1-tur uchrashuvlari oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Saralash bosqichi haqida

— Avvalambor, musobaqa tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligimni aytib o'taman. Tashkiliy jihatdan barcha narsa amalga oshirilgan. Musobaqani yuqori saviyada o'tkazish borasida kerakligi ishlar qilinganligi ko'rinib turibdi. Saralash o'yinlari haqida gapiradigan bo'lsam, oldimizda bizni muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Guruhimizda kuchli jamoalar yig'ilgan. Xususan, Saudiya Arabistoni, Xitoy kabi futboli rivojlangan, shuningdek, Myanma va Maldiv kabi o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoalarga qarshi maydonga tushamiz. 

— Jamoangiz bu turnirga qanday tayyorgarlik olib bordi?

— Dammamga kelishimizdan avval Yaponiya va BAAda yig'in o'tkazdik. Xususan, SHizuokada Yaponiya va Urugvay kabi jamoalarga qarshi bahs olib bordik va etarlicha tajriba to'pladik.   

— Musobaqaning ahamiyati

— Bilasiz, O'zbekiston bu turnirning final o'yinlariga mezbonlik qiladi. SHu sababli bizda katta masuliyat bor. Musobaqada o'zimizning bor imkoniyatlarimizni ishga solib, kuchli tomonlarimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. 

— Saudiya Arabistoni terma jamoasining imkoniyatlari haqida

— Saudiya Arabistoni Osiyo futbolida o'z o'rniga ega. Har bitta yosh toifasida yaxshi futbolchilari bor. Biz bu jamoaning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. Musobaqaning final o'yinlariga yo'llanma olganimiz hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Biz mezbonlarga qarshi bor kuchimizni ishga solib, g'alaba uchun harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика