U-19 Osiyo chempionatidagi raqibimiz Eronda murabbiy o'zgardi

Xayrulla Xoliqov
9 iyul 2020, 19:53
Ma'lumki, shu yilning 14-31 oktyabr kunlari O'zbekistonda U-19 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Musobaqa mezboni O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruh o'yinlarini Eron, Kambodja va Indoneziyaga qarshi o'tkazadi. Guruhdagi raqibimiz Eron U-19 terma jamoasini yaqinda yangi murabbiy Sohrab Baxtiarizade qabul qilib oldi. U jamoani tark etgan Sirous Pourmosavi o'rnini egalladi. 

Sohrab Baxtiarizade futbolchi paytida JCH-2006da ishtirok etib Angola darvozasiga to'p kiritgan. U bungacha U-23 terma jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishlab kelayotgandi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatida kuchli to'rtta jamoa 2021 yilgi U-20 jahon chempionatiga yo'llanma oladi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com