So’nggi yangiliklar

09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  3 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  2 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  4 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  2 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  1 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  8 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  3 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  12 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1

U-17 Osiyo kubogi saralashi. Jamoliddin Rahmatullaev: "Yigitlarda motivaciya etarli, ularning ko'zi yonib turibdi" Yangiliklar

U-17 Osiyo kubogi saralashi. Jamoliddin Rahmatullaev: "Yigitlarda motivaciya etarli, ularning ko'zi yonib turibdi"

Bugun, 4 oktyabr kuni U-17 Osiyo kubogi saralashidan oldin O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev va jamoa sardori Lazizbek Mirzaev matbuot anjumanida qatnashdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-17 terma jamoasi saralash bosqichining "J" guruhidan o'rin olgan bo'lib, Bruney va Koreya Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. O'yinlar Toshkentda bo'lib o'tadi. 


O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev: - Barchani futbol bayrami bilan tabriklayman. Biz bu saralash bosqichiga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik deya olaman. Yaxshi yig'inlar va o'yinlar o'tkazdik. Barchasi optimal darajada. Bolalarda ham motivaciya etarli, ularning ko'zi yonib turibdi.

O'zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Lazizbek Mirzaev: - Bu bosqichgacha yaxshi o'yinlar o'tkazdik. Osiyoning top jamoalari bilan o'ynadik. Bu bizga etarlicha tajriba berdi deb ayta olaman. Murabbiylarimiz doimiy ko'nikmalar berib kelmoqda. O'z uyimizda bo'ladigan o'yinlarga tayyormiz.




- Raqiblar haqida nima deya olasiz?
- Bu bosqichda barcha jamoalar kuchli. Lekin biz o'z yurtimizda, muxlislarimiz oldida o'ynaymiz. Bu bizga yordam beradi va bolalarga qo'shimcha kuch beradi. Koreya Respublikasi har doim kuchli raqib hisoblanadi. Bizda ularni o'rganishga etarli vaqt bo'ldi. Tahlil qildik. Ularning kuchli va zaif tomonlarini ko'rib chiqdik. Xudo xohlasa bu jamoaga qarshi o'yinga tayyormiz.

- Bugun saralashda ishtirok etadigan yakuniy tarkib elon qilindi. Unda Daniil Parfyonov ham bor. U terma jamoaga oxirgi marta Jeparov bosh murabbiy bo'lgan paytda chaqirilgandi. Yaqinda Estoniyaga qarshi B tarkib o'ynadi, hatto unda ham o'ynamagandi. Bugun esa yakuniy ro'yxatdan joy oldi. Bunga sabab nima?
- O'rinli savol, bungacha "Lokomotiv"dan Azamat Sultonovni terma jamoaga jalb qilayotgandi. Afsuski Evropada o'tgan musobaqada Sultonov jarohat oldi. SHu bois Parfyonovni terma jamoaga chaqirdik. Uni doimiy ravishda kuzatib kelayotgandik, orada Daniil ham jarohat olgandi. "Navbahor"da asosiy tarkib bilan ham, U-21 va U-19 jamoalari bilan ham mashg'ulot o'tkazardi. Parfyonov aynan saralash musobaqasiga yaqin o'zining yaxshi sport formasiga kirib oldi. SHu bois Sultonovning o'rnini aynan u to'ldira oladi deb o'ylayman.




- "Navbahor" o'rinbosarlari safida o'ynayotgan Ozod Marupov terma jamoada hatto uchinchi darvozabon ham emas. Evropadagi musobaqada ikkinchi darvozabon ikkita o'yinda 5tadan gol o'tkazdi...
- Har bir murabbiyning o'z qarashi bor. Hozir qaysidir futbolchini maqtab, kimnidir tanqid qilishni xohlamayman. Darvozabonlar murabbiyi bilan maslahatlashgan holda, eng yaxshi darvozabonlarni saralab oldik. Ular musobaqaga tayyor. Ozodbek Marupov yaqinda B tarkibda ham o'ynadi, undan oldingi yig'inda ham kuzatdik. O'ylaymanki musobaqaga tayyor bo'lgan uch posbonni tarkibga kiritdik.


U-17 Osiyo Kubogi saralashi. O'zbekistonning guruhdoshi SHri-Lanka bahslarda ishtirok etolmasligi oydinlashdi        



- SHri Lankani musobaqada ishtirok etmasligi rejalarga qanchalik tasir qildi?
- Biz bunday holatlarga doim tayyormiz. Bu bizga ruhan tasir qilmaydi. Oldimizda 2 ta o'yin bor. Barchasi o'zimizning qo'limizda. Ularni mag'lub eta olsak, keyingi bosqichga albatta chiqamiz.




- Polshadagi turnir haqida nima deya olasiz?
- Oldimizda rasmiy musobaqa borligini his qilib turgandik. Har bir turnirda maksimal darajada yaxshi ishtirok etishga harakat qilamiz. Lekin bu turnirda asosan bolalarni ko'rib oldik. Barcha 20 nafar futbolchiga bir xil imkoniyat berishga harakat qildik. SHu sababli bor etiborimizni asosiy musobaqaga qaratdik. Maqsadimiz Evropaning kuchli jamoalariga qarshi o'yinlarda xato va kamchiliklarimizni ko'rib olish edi.

- Saralash musobaqasi O'zbekistonda o'tishi jamoaga bosim yuklaydimi yoki aksincha ustunlik beradimi?
Lazizbek Mirzaev: - Bizda bosim yo'q. Yaqinda "Mirabror Usmonov xotirasi uchun" xalqaro musobaqani ham o'zimizda o'tkazdik, stadionga ko'p muxlislar kelishdi. Bosimni enga oldik deb o'ylayman. Jamoaning kayfiyati yaxshi. Uyimizda o'tadigan o'yinlarda ijobiy natijalar qayd etishga harakat qilamiz.





U-17 Osiyo Kubogi saralashi. O'zbekiston terma jamoasi musobaqa uchun qaydnomasini elon qildi        


Osiyo Kubogi saralash bosqichi

"J" guruhi

5 oktyabr

Bruney – O'zbekiston ("Jar" stadioni. 18.00)


7 oktyabr

O'zbekiston – Janubiy Koreya ("Jar" stadioni. 18.00)


9 oktyabr

O'zbekiston – SHri-Lanka ("Jar" stadioni. 18.00)


Malumot uchun, guruhlarda 1-o'rinni egallagan barcha jamoalar, shuningdek, 2-o'rinni olgan eng yaxshi 6 ta terma keyingi yil bo'lib o'tadigan musobaqa final bosqichiga yo'l oladilar.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика