U-17 Osiyo Kubogi saralashi. O'zbekistonning guruhdoshi Shri-Lanka bahslarda ishtirok etolmasligi oydinlashdi

Sherzod Nurmatov
4 okt 2022, 11:53
Bu haqda O'FA xabar bermoqda.

Osiyo futbol konfederatsiyasi Shri-Lanka o'smirlar terma jamoasini ma'lum sabablarga ko'ra U-17 Osiyo Kubogi saralash bosqichida ishtirok etolmasligini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Shri-Lanka U-17 terma jamoasi saralash bosqichining "J" guruhidan o'rin olgan bo'lib, Bruney, Koreya Respublikasi va O'zbekistonga qarshi bahs olib borishi kerak edi.

Avvalroq O'zbekiston terma jamoasi musobaqa uchun qaydnomasini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати