So’nggi yangiliklar

02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

U-17 Osiyo kubogi: O'zbekiston terma jamoasi nega autsayderlar savatchasidan o'rin oldi? Yangiliklar

U-17 Osiyo kubogi: O'zbekiston terma jamoasi nega autsayderlar savatchasidan o'rin oldi?

Kecha U-17 Osiyo kubogiga qura tashlandi.

Tailand yashil maydonlarida 15 iyun — 2 iyul kunlari o'tkaziladigan turnirda Osiyo qitasining 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilaridan iborat 16 ta terma jamoasi ishtirok etadi. Musobaqaning yarim finaliga etib kelgan eng kuchli to'rt jamoa avtomatik ravishda 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 10-marta ushba turnirda ishtirok etadi. Ularning eng yaxshi natijasi 2012 yil hisoblanib, o'shanda 16 yoshgacha bo'lgan o'zbekistonlik futbolchilar chempionlikni qo'lga kiritishgan. Amaldagi chempion esa Yaponiya hisoblanadi, "samuraylar" 2018 yilgi qita birinchiligi finalida Tojikistonni 1:0 hisobida mag'lub etgan. Yaponiya, shuningdek, o'smirlar o'rtasidagi Osiyo kubogida eng ko'p zafar quchgan jamoa sanaladi (3 marta).

Saralash o'yinlari 2022 yilning oktyabrida o'tkazildi va unda 44 ta terma jamoa ishtirok etdi. "J" guruhidan o'rin olgan O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda o'tgan bahslarda dastlab Bruney darvozasiga naq 14 ta to'p kiritdi. So'ngra Janubiy Koreyani 3:2 hisobida mag'lub etib, saralash guruhini peshqadam sifatida yakunlandi. Ushbu guruhdan o'rin olgan SHri-Lanka esa malum sabablarga ko'ra saralash bosqichida ishtirok etolmasligini malum qildi.

U-17 Osiyo Kubogi saralash bosqichi

"J" guruhi

Bruney – O'zbekiston - 0:14 

Hakamlar: SHukri Hussayn Al Xunfush, Muhammad Maki Al Abakri (ikkisi Saudiya Arabistoni), Zayid Dovud Salmon Kamol (BAA), Toriq Munir Al Katiri (Indoneziya).

5 oktyabr 2022 yil. "Jar" stadioni. 18.00

Gollar: Ozodbek O'ktamov 8, - 0:1. Amirbek Saidov 10, - 0:2. Lazizbek Mirzaev 19, - 0:3. Lazizbek Mirzaev 23, - 0:4. Abdulhamid Turg'unboev 30, - 0:5. Lazizbek Mirzaev 32, - 0:6. Dilshod Abdullaev 42, - 0:7. SHodiyor SHodiboev 44, - 0:8. Ollobergan Karimov 76, - 0:9. Abdulhamid Turg'unboev 80, - 0:10. Quvonchbek Abraev 82, - 0:11. Zirillohon Muxtorov 82, - 0:12. Azizbek To'lqinbekov 90, - 0:13. Abdulhamid Turg'unboev 90+1, - 0:14.

O'zbekiston – 16.Muhammadyusuf Sobirov, 5.Azizbek To'lqinbekov, 6.Ozodbek O'ktamov, 7.Lazmzbek Mirzaev (s), 8.Behruz SHukurullaev, 9.Amirbek Saidov, 10.Abdulhamid Turg'unboev, 13.Behruz Jumatov, 14.SHodiyor SHodiboev, 17.Ollobergan Karimov, 23.Dilshod Abdullaev.

Zaxira: 1.Diyorbek To'laboev, 12.Asilbek Numonov, 2.Mamadalixon Olimov, 3.Daniil Panfyorov, 4.Ozodbek Sotvoldiev, 11.Zirillohon Muxtorov, 15.Daniil Nugumanov, 16.Aminbek Yoqubov, 18.Abdulhamid Ikromov, 19.SHerzodbek Abdulboriev, 20.Quvonchbek Abraev, 22.Behruz Ismatov.

Bruney: 17.Ak Mohd Dzul (1.Mohd Danish Ataullah, 37), 2.Mahmud Xalish Zaifulizam, 3.Ayden Azhar Makkarti, 4.Muhd Danish Firdaus, 7.Ak Md Irfan, 9.Muhammad Danial Xakimi, 10.Ak Mohd Syafiq Xilmi, 16.Muhd Irfan Abdullah, 18.Muhd Kasyful Nurhilmi, 19.Muhammad Azrin Danial, 23.Avangku Muhammad Arshrul.

Zaxira: 5.Muhd Abd Raziq, 6.Muhd Daim Vaqiuddin, 8.Safvan Zavavi Sazalee, 11.Ak Xadi Ayman, 12.Md Zarif Muzaffar, 14.Avangku Irfan Xazim, 20.Muhammad Abdul Hakimee, 21.Mohd Adrian Zizri, 22.Muhammad Danish Ayman.


O'zbekiston – Janubiy Koreya 3:2 

"Jar" stadioni. 18.00 

Hakamlar: Bijan Haydari, Arman Assadi (ikkisi Eron), Galbadrah Enkxjargal, Bol Xash Erdene (ikkisi Mo'g'uliston).

Gollar: Kang Minvu 26, - 0:1. YU Byungxon 72 avtogol, - 1:1. YU Byungxon 77, - 1:2. Lazizbek Mirzaev 81, - 2:2. Mamadalixon Olimov 90+4, - 3:2.

O'zbekiston: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 3.Daniil Panfyorov, 5.Azizbek To'lqinbekov, 6.Ozodbek O'ktamov, 7.Lazizbek Mirzaev (s), 8.Behruz SHukurullaev, 13.Behruz Jumatov, 14.SHodiyor SHodiboev, 17.Ollobergan Karimov, 19.SHerzodbek Abdulboriev, 23.Dilshod Abdullaev

Zaxira: 1.Diyorbek To'laboev, 2.Mamadalixon Olimov, 4.Ozodbek Sotvoldiev, 9.Amirbek Saidov, 10.Abdulhamid Turg'unboev, 11.Zikrillohon Muxtorov, 12.Asilbek Numonov, 15.Daniil Nugumanov, 16.Aminbek Yoqubov, 18.Abdulhamid Ikromov, 20.Quvonchbek Abraev, 22.Behruz Ismatov.

Janubiy Koreya: 23.Xong Songmin, 3.Na Yeonxun, 4.Kang Minvu, 6.Li CHangvu, 7.Bak Invu, 9.Kim Minsung, 13.Yang Minxyok, 14.Kim Myongjun, 16.Lim Xyunsub, 18.Kim Bumxvan, 20.Ko Jongxyun.
Zaxira: 1.Yun Kivuk, 2.Park Jnumin, 5.Kvak Sungxun, 8.Ox Juan, 10.Jin Taexo, 11.Kang Juxeok, 12.Xvang Jisung, 15.CHa Jexun, 17.Yun Doyong, 19.CHoe Gangmin, 21.Kim Yurae, 22.YU Byungxon.

Saralash bahslarida avstraliyalik Nestori Irankunda hamda xitoylik Van Yudong 8 tadan gol urib, to'purarlarga aylandi. O'zbekiston terma jamoasi tarkibida esa Lazizbek Mirzaev 4 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

O'smirlar o'rtasidagi Osiyo kubogining final bosqichi Tailandning uch shahridagi to'rtta stadionda bo'lib o'tadi. Ularning eng yirigi "Rajamangala" stadioni bo'lib, Bangkok shahridagi ushba maydon o'z bag'riga 49,722 nafar tomoshabinni sig'dira oladi.

"Rajamangala" stadioni (Bangkok), 49,722 tomoshabinga mo'ljallangan.

"Tammasat" stadioni (Patam Tani), 25,000 tomoshabinga mo'ljallangan.

"BG" stadioni (Patam Tani), 10,114 tomoshabinga mo'ljallangan."CHonburi" stadioni (CHonburi), 8,680 tomoshabinga mo'ljallangan.

Qura tashlashdan avval jamoalar 4 ta savatchaga ajratildi. SHu jumladan, O'zbekiston terma jamoasi 4-savatchadan o'rin oldi. Xo'sh, nega o'smirlar terma jamoamiz savatchada autsayderlar qatoridan o'rin oldi? Sababi shundaki, mazkur savatcha o'smirlar o'rtasidagi so'nggi Osiyo kubogining final bosqichi va saralashidagi natijalarga asosan shakllantirildi. O'zbekiston esa oxirgi bor o'tkazilgan 2018 yilgi turnirda hatto saralash bosqichidan o'ta olmagan. Tailand esa mezbon bo'lgani sababli avtomatik ravishda 1-savatchadan o'rin egalladi.

Qura natijalariga ko'ra, Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari "D" guruhida Yaponiya, Vetnam va Hindiston o'smirlari bilan bellashadigan bo'ldi.  


O'zbekiston U-17 terma jamoasining guruh bosqichi uchrashuvlari

1-tur. Yaponiya — O'zbekiston. 17 iyun

2-tur. O'zbekiston — Hindiston. 20 iyun

3-tur. Vetnam — O'zbekiston. 23 iyun

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика