U-17 jahon chempionati. Yaponiya va Avstraliya musobaqani tark etdi
07 noy 2019 12:01
Yangiliklar
U-17 jahon chempionati. Yaponiya va Avstraliya musobaqani tark etdi
Braziliyada bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida 1/8 final bahslari davom etmoqda.
Kecha Janubiy Koreya U-17 terma jamoasi Angolani engib chorak finalga chiqqani haqida xabar bergandik. Bugun bo'lib o'tgan o'yinlardan so'ng Osiyoning ikki vakili Avstraliya va Yaponiya musobaqa bilan xayrlashdi.
Avstraliya o'smirlar terma jamoasi Franciyadan 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Yaponiya esa Meksika bilan o'yinda 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi. SHunday qilib kichik mundialda OFK nomidan faqat Janubiy Koreya qoldi.
1/8 finalda qayd etilgan natijalar:
Angola - Janubiy Koreya 0:1
Yaponiya - Meksika 0:2
Nigeriya - Gollandiya 1:3
Ispaniya - Senegal 2:1
Franciya - Avstraliya 4:0
Braziliya - CHili 3:2
Paragvay - Argentina (8 noyabr)
Ekvador - Italiya (8 noyabr)
Fikrlar