So’nggi yangiliklar

13:49"Қўқон-1912"нинг 9 ўйинлик мағлубиятли серияси якунланган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45"Сурхон" май ойидан буён Термизда гол ура олмаяпти  0 13:24Луис Энрике: "Тоттенхэм" бир ойдан буён тайёрланмоқда, биз эса бир ҳафта шуғулландик холос"  0 12:27"Нефтчи" ва "Насаф" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:01Эшитдик-да! "Динамо" - "Пахтакор" учрашуви бош ҳакамига "қизил карточка" кўрсатилди  31 11:51Суперлига 19-турида ишловчи расмийлар маълум  2 11:31Кузатаётган Абрамов, сакраётган Илёсов, ётган Кенжабоев, сиқилаётган Қосимов ёхуд ОКМК - "Қизилқум" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 10:47Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди  9 10:15"Ньюкасл" "Милан" ҳимоячисини сотиб олди  1 09:41"Ливерпуль" Англия терма жамоаси футболчиси билан шахсий шартнома бўйича келишувга эришди  5 09:09Жанлуижи Доннаруммага Европанинг яна бир ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  2 08:38Пролига. Бугун 11-тур якунланади  0 08:07Расман. "Бухоро"ни вақтинчалик мураббийи маълум қилинди  3 07:35Суперлига. Бугун 18-тур якунланади  1 07:10Суперлига. "Навбаҳор" дербида ғалаба қозонди, "Шўртан" “Қўқон-1912”га ютқазди, ОКМК - "Қизилқум" баҳсида эса нурсиз дуранг  3

U-17 JCH. Mast holatda qo'lga olingan futbolchilar, cho'kish xavfi ostida turgan mezbon mamlakat, ortiqcha yuk bilan kelgan Ekvador va boshqa yangiliklar Yangiliklar

U-17 JCH. Mast holatda qo'lga olingan futbolchilar, cho'kish xavfi ostida turgan mezbon mamlakat, ortiqcha yuk bilan kelgan Ekvador va boshqa yangiliklar

17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatiga oid qiziqarli yangiliklar bilan tanishtirib boramiz.

Argentina OAV Indoneziyaga nisbatan kinoya ishlatdi

Argentinaning Sol Play 91.5 nashri 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan shaharlardan biri Jakartani yaqin bir necha yil ichida suv qariga cho'kib ketadigan shahar deb atadi.

"Sayyoramizdagi aholi soni bo'yicha to'rtinchi o'rinda turadigan, 10 milliondan ortiq aholiga ega Jakartada ko'plab muammolar mavjud. Yava dengizi qirg'oqlarida joylashgan shahar erosti suvlari taminoti tufayli har yili 25 santimetrga cho'kmoqda", deyiladi xabarda.

FIFA prezidenti Janni Infantino esa Indoneziyani go'zal mamlakat deb atadi. 

"Bir haftadan so'ng maftunkor Indoneziyada kelajakdagi futbol yulduzlarini birlashtiradigan turnir boshlanadi", deb yozgan Infantino Instagramdagi sahifasida.

Mali mundialda chempion bo'lmoqchi

U-17 jahon chempionatida Ispaniya, O'zbekiston va Kanada bilan bir guruhdan o'rin olgan Mali terma jamoasi mundialda chempion bo'lishni maqsad qilgan.

Jamoa matbuot bo'limi xodimi Ibrohim Ze Kulibalining takidlashicha, turnirga ko'rilgan jidiy tayyorgarlik mundial chempionligi uchun zamin yaratadi.

Aytilishicha, Indoneziyaning issiq iqlimi Afrika ob-havosi bilan deyarli bir xil, bu esa jamaoning moslashish jarayonini tezlashtiradi.

Eslatib o'tamiz, Mali JCHga tayyorgarlikni dastlab o'z mamlakatida, so'ngra Saudiya Arabistonida olib bordi.

Mundialda VARdan foydalaniladi

U-17 jahon chempionatining barcha uchrashuvida VAR texnologiyasidan foydalaniladi. Bu haqda Tashkiliy qo'mita azosi Arya Sinulingga malum qildi. Qayd etilishicha, musobaqadagi barcha uchrashuvda VAR ishlaydi.

Ekvador ortiqcha yuk bilan keldi

Ekvador U-17 terma jamoasi Indoneziyaning Surabaya shahridagi Xuanja aeroportida muammoga duch keldi. 37 kishidan iborat delegaciya avtobusda mehmonxonaga yo'l olishi kerak edi. Biroq ulardagi yuk hajmi avtobus sig'imi chegarasidan oshib ketgani uchun barcha buyumlarni transport vositasiga joylashning imkoni bo'lmadi. Tashkilotchilar tomonidan ortiqcha yuk uchun boshqa yuk tashish transporti jalb etilgani aytilgan.

Polshalik to'rt nafar futbolchi mast holatda qo'lga olinib, mamlakatiga qaytarib yuborildi

Polsha U-17 terma jamoasining to'rt nafar futbolchisi Indoneziyaning Bali shahrida spirtli ichimlik istemol qilgani uchun hibsga olinib, o'z mamlakatiga qaytarib yuborildi.

Xabar berilishicha, Oskar Tomchik (hujumchi), Filip VOlskiy (yarim himoyachi), Yan Labedzki (yarim himoyachi) va Filip Rozga (yarim himoyachi) turnir boshlanishidan ilgari Polshaga qaytib jo'nab ketdi. Futbolchilarga nisbatan Polsha futbol federaciyasi tomonidan chora ko'rilishi malum qilingan.

Radja Nainggolan turnir mehmonlaridan biri 

"Inter" va "Roma" klublari sobiq futbolchisi Radja Nainggolan Indoneziya futbol associaciyasi raisi Erik Tohir taklifiga binoan Indoneziyaga tashrif buyurdi. U turnir targ'iboti ishtirok etadi.

Nainggolan kelib chiqishi bo'yicha Indoneziyaga ham  aloqador hisoblanadi. Biroq u Belgiya terma jamoasida o'ynashni afzal ko'rgan.

FIFA Hyundai kompaniyasidan 148ta avtomobil oldi

FIFA U-17 jahon chempionati hamkori bo'lgan Hyundai kompaniyasidan 148ta avtomobil oldi. Ulardan turnir davomida tashkiliy ishlar, mehmonlarga xizmat ko'rsatish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика