So’nggi yangiliklar

22:57ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади  57 22:55Флик "Барселона"дан кетишни режалаштирмаяпти. Мураббий клубда бахтли  4 22:37Ислом Исмоилов: "Оғир учрашувда ғалаба қозондик. Ўйинни назорат қилдик"  9 22:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистоннинг гуруҳидаги иккинчи учрашувда Ирландия йирик ҳисобда ғалаба қозонди  4 21:59Фарҳод Нишонов: "Агарда улар ўз сифатларини яхшилай олишмаса, топ-футболчи бўла олишмайди"  0 21:39Мирко Йеличич "Олимпик-MobiUz"га қарши ўйиндан сўнг қисқа фикр билдирди  2 21:16ОЧЛ2. Барчаси "Андижон" учун: "Аркадағ" ва "Ал Аҳли" Ашхободда дуранг қайд этишди  2 20:51Германия терма жамоаси Жаҳон чемпионатида киядиган либосини тақдим этди  6 20:29ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" – "Андижон". Бошланғич таркиблар аниқ!  17 19:55U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади  193 19:3320 ёшгача бўлган дунёдаги энг қиммат футболчининг нархи 349,6 млн евро экан  10 19:00Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" муроса кўчасини танлади, лига ғолиби кейинги турда аниқланади  4 18:42Криштиану Роналду: "Арсенал"ни рақиб сифатида қабул қилмайман, улар ғалаба қозонса хурсанд бўламан"  38 16:5823 ёшли дарвозабон, ОКМКни ютган мураббий ва футболчи, "Бунёдкор"га супергол урган ҳимоячи — Суперлигада 27-турнинг энг яхшилари  2 16:44Хебай, Марушич, Холдорхонов, Алижонов... Суперлига 27-тур рамзий терма жамоаси  2

U-17 Jahon chempionati oldidan. Islom Ismoilov: "Jahon chempionatiga eng yaxshi holatda etib keldik" Yangiliklar

U-17 Jahon chempionati oldidan. Islom Ismoilov: "Jahon chempionatiga eng yaxshi holatda etib keldik"

Bugun O'zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda start olgan U-17 Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.

Bugun Toshkent vaqti bilan 18:00da O'zbekiston - Paragvay uchrashuvi start oladi. Aytish mumkinki, bu jamoadan umidimiz katta va kichik mundialda futbolchilarimiz o'zlarini ko'rsata olishadi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, o'yindan oldin va keyin matbuot anjumanlari o'tkazilmaydi, faqat finaldan oldin va keyin tashkil etilar ekan. Albatta, musobaqa oldidan jamoamiz bosh murabbiyi Islom Ismoilovning fikrlari ko'pchilikka qiziq bo'lgani bois O'FA matbuot xizmati bo'limi yordamida murabbiy bilan bog'lanib, bir nechta savollarga javob oldik.

Buning uchun O'FA matbuot xizmatiga saytimiz nomidan alohida minnatdorchilik bildiramiz. U-17 terma jamoamizga esa omad tilab qolamiz.

- Jahon chempionatiga tayyorgarlikdan qay darajada ko'nglingiz to'ldi?

- Musobaqaga tayyorgarlikdan umumiy  manoda mamnunman. Reja qilgan ishlarimizning katta qismini amalga oshirdik. Bu borada O'FA tomonidan bizga kerakli barcha sharoit yaratib berildi. Jamoamiz jismoniy va taktik jihatdan yaxshi holatga olib kelindi. Futbolda mukammal tayyorgarlikning o'zi bo'lmaydi, shunga qaramay bor kuch bilan ishladik. Jamoamiz har kuni o'sib boryapti, o'ylaymanki, kundan kunga rivojlanyapmiz. Jahon chempionatiga eng yaxshi holatda etib keldik deb bemalol ayta olaman.

- Birinchi o'yin oldidan ichki hissiyot qanday? Hayajon bormi?

- Kichik mundialni Paragvayga qarshi bahs bilan boshlaymiz. Albatta, o'yindan oldin hayajon bo'lishi tabiiy. Lekin bu salbiy emas, aksincha ruhlantiruvchi his bo'lishi kerak. Katta musobaqalar oldidan doim hayajon bo'ladi. Shu bilan birga qanday masuliyat yuklanganini ham tushunib turibmiz. O'zimda ham, murabbiylar shtabi va futbolchilarimizda ham ishonch bor. Nasib qilsa, shu jahon chempionatida eng yaxshi o'yinlarimizni ko'rsatamiz.

- O'zingiz xohlagan tarkibni to'liq yig'a oldingizmi?

- Albatta, o'zim eng yaxshi deb bilgan tarkibni yig'a oldim. Har bir futbolchimiz kurashga tayyor va bu men uchun eng muhim holatlardan biri hisoblanadi.


- Guruhdagi raqiblarimiz haqida fikringiz? (Paragvay, Irlandiya, Panama)

- Raqiblar haqida fikr bildiradigan bo'lsam, har bir jamoa o'ziga yarasha kuchli. Masalan, Paragvay jismoniy tomondan yaxshi va intizomli deb bilaman. Ular Janubiy Amerikaning eng kuchli jamoalari qatoriga kiradi. Irlandiya tezkor va agressiv futbol namoyish etadi. Panama esa ko'proq texnik tomonga tanayadi va ijodkor o'yin ko'rsatishga harakat qiladi. Guruhdagi har bir raqibni chuqur o'rganib, tahlil qilgan holda har bir bahs uchun alohida tayyorgarlik ko'rdik.

- Jahon chempionatidan qanday natija kutyapsiz?

- Jahon chempionatiga kelgan jamoa borki, o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi. Biz ham bu erga shunchaki kelmaganmiz. Birinchi maqsadimiz - guruhdan chiqish. Undan keyin bosqichma-bosqich yuqoriga ko'tarilishni niyat qilganmiz. Qolaversa jamoamizning o'yin sifati va futbolchilarning o'zini tutishi ham men uchun muhim omil hisoblanadi. Agar shular o'z o'rnida bo'lsa, natija albatta keladi.

- Shu paytgacha O'zbekiston U-17 terma jamoasining kichik mundialdagi eng yaxshi ko'rsatkichi chorak final hisoblanadi (2011, 2023). Hozirgi jamoa bu rekordni yangilay olishiga qanchalik ishonasiz?

- Avvalgi Jahon chempionatlarida ishtirokchilar soni 24ta bo'lgan. Hozir esa ikki barobar ko'payib 48ta bo'ldi. Oldingi natijalarni yaxshilashimiz uchun yanada ko'proq harakat qilishga to'g'ri keladi, sababi yo'l biroz uzoqlashdi. Ammo mening ko'nglim to'q va ishonchim komil. Buning sababi bizda iqtidorli futbolchilar, jamoaviy ruhiyat va intizom bor. Futbolchilar har kunlik mashg'ulotlarda tinimsiz mehnat qilishyapti. Jamoadagi hamma o'z oldidagi masuliyatni his qilmoqda. Shu yo'sinda davom etsak, o'zbek futboli tarixidagi eng yaxshi natijani ko'rsatishga sazovor bo'lamiz.


- Siz uchun birinchi o'yinni yutib olish qanchalik muhim yoki guruhdagi har uchala o'yinga bir xil qaraysizmi?

- Birinchi uchrashuvda g'alaba qozonish juda muhim hisoblanadi, chunki bu boshqa o'yinlarga katta ishtiyoq beradi. Lekin biz har bahsga finaldek yondashamiz va har bir raqibga jiddiy munosabatda bo'lamiz.

- Musobaqada porlashi kutilayotgan futbolchilar kimlar? Qaysi futbolchilardan umid katta?

- Bu jamoaviy musobaqa, bir-ikki nafar o'yinchini ajratib ko'rsata olmayman. Futbolchilarimizning salohiyati yuqori va biz bir jamoa bo'lib Jahon chempionatida o'z kuchimizni ko'rsatishga qodirmiz. Har bir chiziqda raqobat bor, bu esa jamoamizning asosiy kuchi hisoblanadi.


X.Xoliqov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
05 noy 13:13:34
Бахтиёр Ашуров
Омадингларни берсин!
   
05 noy 16:10:22
Алибек
Ibrohim Shodiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Уйин ТВ оркали кайси каналда олиб берилади?
Зор ТВда
   
05 noy 16:09:14
Алибек
Ibrohim Shodiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Уйин ТВ оркали кайси каналда олиб берилади?
Зор твда
   
05 noy 15:39:52
Supper Liga
Ey Ca ni bilimli jurnalistlari ! Nimaga anu bo'lajak o'yinlar turadigan jadval Match sentrda Paragvay O'zbekiston yozuvida O'zbekiston bayrog'i yo'q ? Paragvayniki esa bor ? Nima bu texnik xatomi ? Togirlab qo'yilar uyatku bu. Boshqa davlatdan xam kuzatuvchilar bor bu saytni axir
   
05 noy 15:08:56
Ibrohim Shodiyev
Уйин ТВ оркали кайси каналда олиб берилади?
   
05 noy 14:19:41
BAXTIYORJON
Omad Yurtimiz sharafini munosib himoya qila olasizlar ishonamiz sizlarga.
   
05 noy 13:47:41
Sanjar Normatov
Menimcha katta ketmadi shunchaki hamma gapni harakatga va mehnat qilishga boʻgʻladi uning orqasidan natija kelishini taʼkidladi. Katta ketganda biz chempion boʻlishimiz kerak buni uddalay olamiz derdi.
   
05 noy 13:47:30
Sanjar Normatov
Menimcha katta ketmadi shunchaki hamma gapni harakatga va mehnat qilishga boʻgʻladi uning orqasidan natija kelishini taʼkidladi. Katta ketganda biz chempion boʻlishimiz kerak buni uddalay olamiz derdi.
   
05 noy 13:32:34
Dilshod R
Omad Yuzila yorug’ bo’lsin
   
05 noy 13:04:02
Sardor Merzaev
O'yindan oldin katta gapirmaslik kk
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика