U-16 Osiyo chempionati saralashiga qura tashlandi. O'zbekiston "B" guruhidan joy oldi
09 may 2019 12:46
Yangiliklar


U-16 Osiyo chempionati saralashiga qura tashlandi. O'zbekiston "B" guruhidan joy oldi
2020 yil o'smirlar (U-16) o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Musobaqaning saralash bahslari 11ta guruhda o'tkazilishi va saralash guruhlaridan biriga O'zbekiston mezbonlik qilishi haqida 23-aprel sanasida xabar bergan edik.
Bugun Osiyo futbol Konfederaciyasining Kuala-Lumpurdagi shtab-kvartirasida ana shu musobaqaning saralash bellashuvlariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Qura natijalariga ko'ra O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi "B" guruhidan joy oldi. Kvartetda bizga Hindiston, Bahrayn va Turkmaniston o'smirlari raqiblik qilishadi. Qita birinchiligi saralashida Azamat Abduraimov boshchiligidagi terma jamoamizga omad tilab qolamiz.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilgi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati Singapurda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar