Tyago Mendesh: "Atletiko" faqat jamoaviy o'yin bilan Neymar va Messini to'xtatib qolishi mumkin"
26 jan 2015 11:47
Yangiliklar


Tyago Mendesh: "Atletiko" faqat jamoaviy o'yin bilan Neymar va Messini to'xtatib qolishi mumkin"
"Atletiko" yarim himoyachisi Tyago Mendeshning takidlashicha, uning jamoasi "Barselona" bilan o'yindan oldin qo'rquv his qilayotgani yo'q.
Madridliklar Ispaniya Kubogi chorak finalining birinchi bahsida kataloniyaliklarga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
"Barselona" hozir o'yindan-o'yinga kuchayib boryapti. Ammo biz ulardan qo'rqmaymiz. Bu uchrashuv jahon darajasidagi futbolchilar bilan kurashish uchun yaxshi imkoniyat. Messi va Neymar juda kuchli va biz faqat jamoaviy o'yin bilan ularni to'xtatib qolishimiz mumkin" - deydi Mendesh.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" va "Barselona" o'rtasidagi javob uchrashuvi 28 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Fikrlar