So’nggi yangiliklar

17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  0 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8

Twenty3 Sport + Entertainment OK-2015 ochilish marosimini o'tkazish huquqini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Twenty3 Sport + Entertainment OK-2015 ochilish marosimini o'tkazish huquqini qo'lga kiritdi

Twenty3 Sport + Entertainment konsrciumi va Spinifex ijodiy-texnik firmasi 2015 yilgi Osiyo Kubogi ochilish marosimini o'tkazish huquqini qo'lga kiritdi.
Musobaqa Tashkiliy Qo'mitasi ijrochi direktori Maykl Braunning so'zlariga ko'ra, ikkala tashkilot o'tkazilgan tenderda g'olib chiqqan va OK-2015 ochilish va yopilish marosimini o'tkazish huquqini ko'lga kiritgan.

Maykl Braunning qo'shimcha qilishicha, konsorcium mutaxassislari shuningdek butun musobaqa davomida ijodiy elementlar jarayonida ham ishtirok etadilar.

Takidlash joiz, Twenty3 Sport + Entertainment kompaniyasi 2008 yili Pekinda bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlari, 2010 yili Vankuver shahri mezbonlik qilgan Qishki Olimpiada o'yinlarining ham ochilish marosimini tashkil etish jarayonida ishtirok etgan. Qo'shimcha o'rnida, mazkur kompaniya har yili Avstraliyaning Melburn shahrida o'tkaziladigan Australian Open tennis musobaqasining tashkilotchiligi bilan shug'ullanib keladi.

Ijodiy yondashuv va butun musobaqadagi tadbirlarni muvofiqlashtirish biz uchun eng muhim jihat. Bunday yirik turnirni bir yo'la beshta shaharda o'tkazish - oson bo'lmagan vazifalardan biri. SHuning uchun ham biz bu borada eng yaxshilarni tanlashga harakat qildik. Umid qilamizki, Twenty3 Sport mutaxassislari ishonchimizni oqlab, butun musobaqa davomidagi tashkiliy masalalarni yuqori saviyada o'tkaza oladilar, - deydi musobaqa tashkiliy qo'mitasi ijrochi direktori Maykl Braun.

Eslatib o'tish joiz, 2015 yilning yanvar oyida Avstraliyada start oladigan Osiyo Kubogi musobaqasi Osiyo qitasidan tashqarida o'tkaziladigan ilk turnir bo'ladi.

Hisob bo'yicha 23-marta o'tkazilayotgan turnirda 16ta jamoa ishtirok etadi. O'yinlar esa Avstraliyaning 5ta shahri - Brisben, Nyukasl, Sidney, Kanberra va Melburnda bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi musobaqadagi ilk o'yinini 10 yanvar kuni Sidneyda KXDR terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Guruh bosqichining ikkinchi turida O'zbekiston milliy terma jamoasi 14 yanvar kuni Xitoy termasiga qarshi maydonga tushadi. Xitoyga qarshi o'yin Brisben shahrida bo'lib o'tadi. Nihoyat, guruh bosqichining so'nggi turida Mirjalol Qosimov shogirdlari Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. Ushbu uchrashuv 18 yanvar kuni Melburn shahrida o'tkaziladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика