Tuxel MYU bilan durang haqida: "Afsuski, biz ikkita gol urdik"
29 noy 2021 08:10
Yangiliklar
Tuxel MYU bilan durang haqida: "Afsuski, biz ikkita gol urdik"
APL 13-turi doirasida o'tgan MYUga qarshi bahsdan (1:1) keyin CHelsi ustozi Tomas Tuxel o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Futbolda shunaqasi bo'lib turadi. Afsuski, «CHelsi»da bu kabi holat ikkinchi marta yuz berdi, «Byornli» bilan bahsda ham shunday bo'lgandi. O'yinimizdan to'liq qoniqdim. Ilk daqiqalardan ustunlikni qo'lga oldik, agressiv va to'xtovsiz tarzda hujumga o'tdik. Afsuski, biz ikkita to'p kiritdik, har bir jamoaga bittadan gol.
Ryudigerda yaxshi vaziyat bo'ldi, agar u gol urganda bu fantastik o'yinning chiroyli yakuni bo'lardi, ammo natijani to'g'ri qabul qilishimiz kerak. Juda yaxshi o'ynadik va bundan baxtiyorman.
Juda intizomli va diqqatni jamlagan holda harakat qildik. Mamnunman. Natijalarga kafolat berolmayman, ammo shunday o'ynashda davom etsak, muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini oshiramiz», deydi nemis mutaxassisi.
Fikrlar