Tuxel murabbiy sifatida ECHLdagi 32-g'alabasiga erishdi
17 mar 2022 08:55
Yangiliklar
Tuxel murabbiy sifatida ECHLdagi 32-g'alabasiga erishdi
Tomas Tuxel Evropa chempionlar ligasida murabbiy sifatidagi 50-o'yinini o'tkazdi.
"CHelsi" murabbiy qo'l ostida "Lill"ni mag'lub etdi. Bu Tuxel uchun mazkur turnirdagi 32-g'alaba bo'ldi. Boshqa bir germaniyalik murabbiy Yupp Xaynkess ham 32 ta o'yinda g'olib chiqqan. Biroq unga 47 ta o'yin etarli bo'lgandi.
Tuxel dastlabki 50 ta o'yinda g'alaba qozonish bo'yicha Zidan (31 ta g'alaba), Gvardiola (30), del Boske (29) va Simeone (28) kabi murabbiylarni ortda qoldirdi.
Fikrlar