Tuxel "CHelsi"ning g'alabaga loyiqligi va Kepaning maydonga tushirilishi haqida gapirdi
12 avg 2021 08:27
Yangiliklar


Tuxel "CHelsi"ning g'alabaga loyiqligi va Kepaning maydonga tushirilishi haqida gapirdi
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Vilyareal"ga qarshi g'alabali o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Og'ir bo'ldi. Dastlabki 30 daqiqada biz juda kuchli edik. Keyin esa o'tkazib yuborilgan goldan so'ng biz tempni pasaytirdik. G'alabaga loyiq edik.
Kepaning o'zgartirilishi? Bizda Kepa penaltilarni yaxshi qaytarishini ko'rsatuvchi statistika bor. Tahlilchilar menga malumotlarni berishdi. Keyin esa futbolchilarga bunday vaziyat bo'lishi mumkinligini aytdik. Mendi buni qay tarzda qabul qilgani esa fantastika.
Biz jamoa uchun foyda bo'ladigan ishni qilishimiz kerak. Bu amalga oshganidan xursandman. Kepa uchun xursandman. SHuningdek, jamoa manfaati yo'lida barcha o'zgarishga tayyor bo'ladigan Eduar kabi posbonimiz borligidan xam mamnunman", - dedi Tuxel.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar