Tuxel: "Brunu uchun qattiq kurashganmiz"
28 fev 2021 10:15
Yangiliklar


Tuxel: "Brunu uchun qattiq kurashganmiz"
PSJning sobiq ustozi, ayni damda "CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxelning aytishiga ko'ra, Parij klubi o'z vaqtida Brunu Fernandesh bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'rgan.
Biroq portugaliyalik futbolchi yakunda "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgandi.
"PSJning o'sha paytdagi sport direktori Anteru Enrike bilan yaxshi tanish edim. Biz Fernandeshni tarkibga qo'shib olish uchun qattiq kurashganmiz.
Brunu - dunyoning eng zo'r hujumkor yarim himoyachilaridan biri, to'p bilan juda yaxshi harakat qiladi. Unga qarshi o'ynash oson emas", - dedi Tuxel.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar