Tursunmurod Hamdamov: "Kubok bahsida "So'g'diyona"ga omad kulib boqdi"
27 mar 2016 16:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/202852_original.jpg)
![](/upload/storage/202852_220.jpg)
Tursunmurod Hamdamov: "Kubok bahsida "So'g'diyona"ga omad kulib boqdi"
Ushbu uchrashuvdan so'ng "Mashal" futbolchisi Tursunmurod Hamdamov o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Har ikki jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ko'plab imkoniyatlar yuzaga keldi lekin foydalana olmadik. Birinchi bo'limda ustunlikni qo'lga oldik lekin ikkinchi bo'lim oxirida birozgina xato durangga olib keldi. Qoniqarli natija bo'lmadi. So'nggi daqiqalarda jizzaxliklarga omad kulib boqdi. Endi bizni Jizzaxda yana ham og'ir o'yin kutib turibdi. Maydonga tushgan har bir futbolchi oxirigacha kurashdi.
Ushbu mavsum ham murabbiyimiz Xomyakov menga ishonch bildirmoqda. Bu ishonchni oqlashim kerak. SHu bois bor imkoniyatimni ko'rsatish uchun harakat qilaman. Mavsumda asosiy tarkibdan o'z o'rinimni topish birinchi maqsadimdir", - deydi Tursunmurod Hamdamov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar