Rasman: Doston Hamdamov "Paxtakor" bilan shartnomasini uzaytirdi
30 dek 2024 14:20
Yangiliklar
Rasman: Doston Hamdamov "Paxtakor" bilan shartnomasini uzaytirdi
Pedro Moreyra o'zi qurayotgan jamoada Doston Hamdamov bo'lishini istadi.
Bu istakka javoban vingerning klub bilan o'tkazgan muzokarasi muvaffaqiyatli yakunlandi. 2015 yilda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lgan Hamdamov yangi mavsumni "sherlar" safida boshlaydi.
"Aslida shartnoma imzolaganimga 10 kun bo'ldi. Lekin buni bugun elon qilishlarini istagandim. Jamoamizning muxlislari uchun kichik sovg'a. Bosh murabbiy meni o'z jamoasida ko'rishni istagani quvontirdi. Bunga javoban O'zbekistonda qo'lga kiritgan oltin medallarimni yana bittaga ko'paytirish ustida mehnat qilaman. Biz bilan yangi yilda zerikmaysiz deb o'ylayman", – deydi Doston Hamdamov.
Futbolchi "Paxtakor" libosida 5 marotaba O'zbekiston chempioni va 2 karra kubogi sohibi bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar