Doston Hamdamov: "Xursandchilik qilishga hali shoshilmaymiz"
05 mar 2025 11:01
Yangiliklar
Doston Hamdamov: "Xursandchilik qilishga hali shoshilmaymiz"
Elit OCHLning nimchorak finalida "Paxtakor" Toshkentda "Al Hilol"ni qabul qildi (1:0).
Mazkur uchrashuvdan so'ng "sherlar" yarim himoyachisi Doston Hamdamov fikrlarini bildirdi.
"Paxtakor"ning barcha muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Sovuq havoga qaramasdan kelib qo'llab-quvvatlashdi. Hali xursandchilik qilishga shoshilmaymiz. Oldinda yana o'yinimiz bor. Bu o'yinga bugundan tayyorgarlik ko'rib, ortga yaxshi natija bilan qaytishga harakat qilamiz.
Xotirjamlik bo'lmasligi kerak. Keyingi o'yin bundan ham qiyin bo'lishini hamma tushunib turibdi. Ular o'z maydonida, biz kabi muxlislari oldida o'ynaydi. Yaxshi o'yin bo'ladi. Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz",- deydi Doston Hamdamov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar