Dostonbek Hamdamov: “Bugungi raqib bizdan kuchli emasdi”
18 sen 2024 00:45
Yangiliklar
Dostonbek Hamdamov: “Bugungi raqib bizdan kuchli emasdi”
O'yin haqida
- Avvalo uchrashuvga tashrif buyurib, qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga raxmat aytaman. G'alaba uchun astoydil harakat qildik. Biroq, qancha urinmaylik, to'p darvoza to'riga kirmadi. Navbatdagi uchrashuvlarga yanada jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.
- Bugungi uchrashuvda “Al Vasl” ustunlik bilan o'ynagandek ko'rinmadi. “Paxtakor”ga g'alaba uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?
- To'g'ri aytdingiz, bugun raqibimiz bizdan kuchli emasdi. Teng kurashlar ostidagi o'yin bo'ldi. Birgina standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. “Al Vasl” yaqqol golli hujum tashkil qila olmadi.
- “Paxtakor”ning Elit CHempionlar Ligasidagi maqsadi qanday?
- Har bir o'yinda g'alaba qozonish maqsadimiz bor. SHu maqsad yo'lida barchamiz harakat qilamiz.
- Superligada “Nasaf” ochkolar borasida ilgarilab ketdi. Nima deb o'ylaysiz, “Paxtakor” bu yilgi mavsumda chempion bo'la olmaydimi?
- Hozirdan bunday deb hisoblash to'g'ri bo'lmaydi. Biz albatta harakat qilamiz. Mavsum yakunida qaysi jamoa chempion bo'lishi aniq bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar