Paxtakorning yana bir futbolchisi Andijonga o'tishga yaqin
10 dek 2024 07:59
Yangiliklar
Paxtakorning yana bir futbolchisi Andijonga o'tishga yaqin
Kelasi mavsum OCHL 2 musobaqasida ishtirok etadigan Andijon tarkibni kuchaytirishda davom etmoqchi.
Andijonliklar «Paxtakor» futbolchisi Dostonbek Hamdamov bilan kelishuvga erishishga yaqin. Bu haqida Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, kecha «Andijon» jamoasi Doniyor Abdumannopov va Valijon Rahimov bilan shartnoma tuzganini elon qilgandi.
Malumot uchun, Hamdamov yakunlangan mavsumda Superliga bahslarida 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar