"Turon" mavsumga tayyorgarlik doirasida "Navbahor"ga qarshi nazorat bahsi o'tkazadi
05 iyu 2020 17:10
Yangiliklar


"Turon" mavsumga tayyorgarlik doirasida "Navbahor"ga qarshi nazorat bahsi o'tkazadi
Xabaringiz bor, O'zPFL tomonidan 30 may kunidan boshlab futbol klublariga karantin talablariga rioya qilgan xolda mashg'ulotlarni boshlashga ruxsat berildi.
Avval xabar berganimizdek, "Turon" vakillari ham mashg'ulotlarni boshlashgan va tayyorgarlik doirasida bir nechta nazorat-sinov uchrashuvlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Xususan, "Turon" jamoasi mavsumga tayyorgarlik doirasida Namanganning "Navbahor" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahs 9 iyun kuni Namangan shahridagi "Markaziy" o'yingohda soat 18:00da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuv sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilingan xolda muxlislar ishtirokisiz tashkil etiladi.
"Turon" futbol klubi matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar