“Turon” futbol klubining U-21 jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi
13 sen 2021 22:26
Yangiliklar
“Turon” futbol klubining U-21 jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi
Joriy yilning 10 sentyabr kuni bo'lib o'tgan U-21 chempionati 17-turi doirasidagi “Turon” – “Nasaf” uchrashuvida 1:0 hisobi qayd etilgan edi.
Biroq “Turon” jamoasi mazkur uchrashuv qaydnomasiga sariq kartochkalari soni 4 taga etib, 17-turni o'tkazib yuborishi lozim bo'lgan futbolchi – Abduvositxon Abdurashidovni kiritganligi sababli “2021 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar Reglamenti” 17.10-bandiga muvofiq “Turon U-21” jamoasiga texnik mag'lubiyat, “Nasaf U-21” jamoasiga esa texnik g'alaba yozildi.
SHu bilan birga, ushbu uchrashuvda urilgan gollar bekor qilinadi, olingan ogohlantirish va chetlashtirishlar o'z kuchida qoladi
Fikrlar