Turkmaniston klublari OFK kubogida ishtirok etish uchun O'zbekiston orqali uchib ketishadi
11 may 2021 14:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636315_original.jpg)
![](/upload/storage/636315_220.jpg)
Turkmaniston klublari OFK kubogida ishtirok etish uchun O'zbekiston orqali uchib ketishadi
14 may kuni Markaziy Osiyo mintaqasida OFK kubogi bahslari boshlanadi.
Unda Turkmanistonning ikkita klubi ham ishtirok etadi. Kecha "Oltin Asr" va "Ahal" klublari uchun Ashxobod-Turmenobod yo'nalishi bo'yicha charter reys taqdim etildi. Jamoalar "Farap" nazorat o'tish punkti orqali O'zbekistonning Buxoro viloyatiga o'tishadi. So'ngra poezdda Toshkent shahriga etib borishadi.
Ertaga tongda "Oltin Asr" Toshkent-Dushanbe reysi bilan Tojikistonga uchib ketadi, payshanba kuni "Ahal" Toshkent-Bishkek reysi bilan Qirg'izistonga uchib ketadi. Turkmaniston klublari ana shunaqa juda uzun yo'l bosib o'tishadi.
Ikkala jamoa ham 14 may kuni 1-tur uchrashuvini o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
03:20
Ispaniya Kubogi. "Barselona" chorak finalda qiyinchilik ko'rmadi, Torres sobiq jamoasini ayamadi 67
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar