So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  0 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Turkmaniston bilan o'yin oldindan rejalashtirilmagandi yoxud endi ortga yo'l yo'q Yangiliklar

Turkmaniston bilan o'yin oldindan rejalashtirilmagandi yoxud endi ortga yo'l yo'q

O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha yopiq eshiklar ostida Turkmaniston bilan o'ynadi.

Aslida qo'shnilarimiz bilan o'ynashimiz haqida avvalroq biror malumot elon qilinmagandi. Qiziq, bu yil hisobidan milliy jamoamizning ikkinchi uchrashuvi yopiq tarzda o'tkazilmoqda. Oldinda BAAda bo'lib o'tadigan Avstraliyaga qarshi uchrashuv ham yopiq o'tadi. Esingizda bo'lsa, qishdagi o'quv-mashg'ulot yig'inidan o'rin olgan "Zenit" bilan bahs ham shunday tarzda tashkillashtirilgandi. Ularning barchasi raqiblarning istagiga ko'ra bo'lgani aytilmoqda. Kecha Turkmaniston bilan kechgan bahs ham katta ehtimol dastlabki rejada bo'lmagan. Biz bu borada iqtidorli va tezkor futbolchi Ibrohimhalil Yo'ldoshevning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Turkmanistonga qarshi bahs bu yig'in rejasidan o'rin olganmidi? Umuman futbolchilarning xabari bor edimi?

- Turkmaniston bilan o'yin oldindan rejalashtirilmagandi. Bosh murabbiyimiz Vadim Abramov 2-3 kun oldin o'zaro ikki tarkibga bo'lingan holda o'ynashimizni aytgandi. Lekin bir kun qolganda Turkmaniston raqib bo'lishini takidladilar. O'ylaymanki, hal qiluvchi yig'in oldidan mazkur o'rtoqlik uchrashuvi foydali bo'ldi. 

- Terma jamoamiz qiynalib yutgandek taassurot uyg'otdi...

- To'g'ri, birinchi bo'limda ozgina qiynaldik. Balki o'rtoqlik o'yini bo'lgani uchun bo'shashish holati kuzatilgandir. Qolgan daqiqalarda o'yinni o'z qo'limizga oldik. Yakunda g'alaba qozondik. 

- Oldindagi o'yinlarda futbolchilardan jismoniy jihatdan katta kuch talab qilinadi. "Tibet" oromgohidagi yig'in tiklanish uchun qanchalik foyda bo'ldi?

- Tabiat qo'ynida 5 kunlik yig'in olib bordik. Ikki mahal o'tkazilgan mashg'ulotlarda jismoniy jihatdan tiklanish mashqlariga etibor qaratildi. CHunki ko'p futbolchilar turli holatda etib kelgandi. 

- Ko'pchilikning etibori Saudiya Arabistoni bilan bahsga qaratilgan. Undan avval esa Singapur va Yaman to'sig'idan o'tishimiz lozim. Bu o'yinlar borligini esdan chiqarish yaxshilikka olib kelmasligi mumkin...

- Bu gapni hamma aytmoqda. Saudiya Arabistonini yutsanglar bo'ldi, degan fikrlar yangrayapti. Bu noto'g'ri. Biz uchun har bir o'yin finalga teng. Ortga yo'limiz qolmagan. Uchta uchrashuvda ham g'alaba qozonishimiz shart. Xudo xohlasa ijobiy natija ko'rsatamiz. Barcha jamoaga qarshi jangovar ruhiyatda maydonga tushamiz. Singapur yoki Yaman ahamiyati yo'q. Faqat g'alaba, faqat yutuq maqsad bo'lib qoladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика