Turkiya Superligasi. Anqara klubi tor-mor etildi yoxud 4-tur yakuni
17 sen 2019 18:25
Yangiliklar


Turkiya Superligasi. Anqara klubi tor-mor etildi yoxud 4-tur yakuni
Amaldagi chempion o'ziga kela boshladi
"Galatasaroy" o'z maydonida "Qosimposho"ni mag'lubiyatga uchratdi. O'yindagi yagona golga Radamel Falkao mualliflik qildi. SHu bilan jamoa, qatorasiga ikkinchi o'yinda g'alaba nashidasini surdi va 5-o'ringacha ko'tarilib oldi. Mehmonlar esa, omadsizlikdan keyin yaqqol autsayderga aylanishdi.
Galatasaray Radamel Falcao - 38' |
Super Lig . 4-tur 13/09/2019, 23:30 0
:
1
Tugadi
|
Kasimpasa |
Stadion: Ali Sami Yen Spor Kompleksi Turk Telekom Stadyumu
Yana bir durang
"Antalyaspor" ketma-ket ikkinchi o'yindirki, sulhga rozi bo'lmoqda. Bu safar "Qaysarispor" Antaliya shahridan 1 ochko bilan qaytdi. Dastlab, mezbonlar Gustavo Blankoni goli evaziga hiobni ochishdi. Bo'lim ohirida ko'pchilikka maelum va mashhur bo'lgan Emmanuel Adebayor oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Biroq, tanaffusdan keyin mehmonlar Ozkanning penaltidan kiritgan to'pi orqali hisobni qisqartirishdi. 74-daqiqada Pulen muvozanatni tikladi va o'yin 2:2 ko'rinishidagi jangovar durang bilan yakunlandi.
Buyuk klubning navbatdagi omadsizligi
"Beshiktosh" o'rtamiyona jamoa "Gaziantep" maydoniga safar qilib, kutilmaganda yutqazib qo'ydi. Xa, mehmonlarning darvozasini o'sha mashhur omadsiz Loris Karius qo'riqlamoqda va navbatdagi mag'lubiyat. Jamoaga Muhammad El-Neni hamda Adem Lyayich kabi futbolchilar ham yordam bera olishmadi. O'yinga kelsak, Tvumasi 8-daqiqadayoq yuzaga kelgan penaltidan unumli foydalandi. Ikkinchi bo'limda Vural va CHibsalar bittadan to'p kiritib, hisobni yiriklashtirishdi - 3:0. Oradan ikki daqiqa o'tar-o'tmas Nayir jamoasi uchun umid chirog'ini yoqdi. Birozdan so'ng, "CHelsi" tarbiyalanuvchisi Xatchinson gol urib o'yinga intrigani qaytardi. Ammo, "Beshiktosh"ning kuchi bundan ortig'iga etmadi.
Gaziantep FK Patrick Twumasi - 8', Guray Vural - 58', Raman Chibsah - 79' |
Super Lig . 4-tur 14/09/2019, 23:00 2
:
3
Tugadi
|
Besiktas Mehmet Umut Nayir - 83', Atiba Hutchinson - 84' |
Stadion: Gaziantep Stadyumu
Istanbulda murosa
"Istanbul Bashakshehir" o'z uyida "Sivasspor" bilan bahs olib borib, durangga imzo chekdi. Istanbulliklar joriy mavsum hisobidan birinchi marta durang qayd etdi. "Sivasspor" esa bu o'yindan so'ng turnir jadvalining 10-o'rniga tushib qoldi.
Ikki tomonga ham foyda keltirgan sulh
"Rizespor" autsayder "Gyoztepe"ni o'z maydonida qabul qilib, 0:0 hisobida nursiz durang qayd etdi. Qizig'i, ushbu natijadan so'ng ikkala jamoa ham musobaqa jadvalida ko'tarilishga muvaffaq bo'lishdi. "Rizespor" ikki pog'ona yuqorilab, 2-o'rinni egalladi. Mehmonlar esa, 16-qatorga joylashib oldi.
Anqara shahri jamoasi sharmanda bo'ldi
"Anqaragyujyu" o'zining uy stadionida "Yeni Malatyaspor"ga juda xunuk ko'rinishda mag'lub bo'ldi - 0:4. Mehmonlarning gollariga Yaxovich, Tevi Bifuma, Gilerme va Donaldlar mualliflik qilishdi. Bu bahsdan keyin, anqaraliklar 6 pog'ona pastladi - 12-o'rin. "Yeni Malatyaspor" esa aynan shu 12-qatordan 7-o'ringacha ko'tarilib oldi.
Turdagi to'rtinchi durang
Xa, 4-tur doirasidagi o'yinlarning to'qqiztasidan naq to'rttasida jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi. "Trabzonspor" quyi pog'onalardan birini band etib turgan "Genchlerbirligi" bilan sulhga rozi bo'ldi. Tarkibida Jon Obi Mikel va Daniel Starrijdek o'yinchilarga ega bo'lgan trabzonliklar birinchi bo'limda Novak va Stankularning gollari bilan birinchi bo'limni g'olib sifatida tugatishdi. Biroq, o'yinning ikkinchi yarmida, oldiniga Syorlot belgilangan 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. SHundan so'ng, mehmonlar hujumga zo'r berishdi va yakunda o'z maqsadlariga erishishdi. Bu vazitda Stefan Sessenon jamoasi joniga oro kirdi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan tugadi.
Kutilmagan natija
Mavsumni ajoyib tarzda boshlagan debyutant jamoa "Denizlispor" o'z muhlislari qarshisida o'ynab, "Konyaspor"ga yutqazib qo'ydi. Mezbonlar ushbu mag'lubiyatdan keyin bor yog'i bir pog'ona patga tushib, 4-o'rinni egallab turibdi. "Konyaspor" bo'lsa, minimal hisobdagi g'alabadan so'ng 9-qatorgacha ko'tarilishga erishdi. O'yindagi yagona golga 54-daqiqada Miyya mualliflik qildi.
Turning markaziy o'yini
O'tgan mavsum yakuniy turnir jadvalining ekvatoridan joy olgan "Alanyaspor" murosasiz bo'lgan bellashuvda "Fenerbaxche"ni mag'lubiyatga uchratdi. O'yinda hisob mehmonlar tomonidan ochilgan bo'lsada, yakuniy natija ular uchun qoniqarsiz ko'rinish oldi. Jigerjining golidan so'ng, bo'lim so'nggida Papiss Sisse tezkor "dubl"ni rasmiylashtirdi. O'yinning ikkinchi yarmida Fernandes to'p kiritib, o'yinga mantiqiy nuqtani qo'ydi - 3:1. "Alanyaspor" yuz foizlik natija bilan peshqadamga aylandi. "Fenerbaxche" 7 ochko jamg'argan holda 3-o'rinda.
Alanyaspor Papiss Demba Cisse - 45', Papiss Demba Cisse - 46', Junior Fernandes - 62' |
Super Lig . 4-tur 16/09/2019, 23:00 1
:
3
Tugadi
|
Fenerbahce Tolga Cigerci - 39' |
Stadion: Bahcesehir Okullari Stadyumu
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar