Turkish Women's Cup 2019. O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi musobaqani g'alaba bilan boshladi
27 fev 2019 18:05
Yangiliklar


Turkish Women's Cup 2019. O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi musobaqani g'alaba bilan boshladi
Avval xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi bugun Turkiyada Turkish Women's Cup 2019 xalqaro musobaqasidagi ishtirokini boshladi.
Dastlabki raqibimiz Hindiston terma jamoasi bo'ldi. O'yin Bahrom Norsafarov shogirdlarining kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakuniga etdi. Yagona golni 8-daqiqada Malika Burhonova kiritdi. Endi terma jamoamiz azolari 1 mart kuni Ruminiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. 3 mart kuni esa Turkmaniston bilan kuch sinashamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar