Turan: "Real"ga qarshi o'yinda meni chetlatishgan edi, Karvaxalga esa boshqa qoidalarni qo'llashdimi?
06 may 2015 11:10
Yangiliklar


Turan: "Real"ga qarshi o'yinda meni chetlatishgan edi, Karvaxalga esa boshqa qoidalarni qo'llashdimi?
"Atletiko" yarim himoyachisi Arda Turanning takidlashicha, "Yuventus" - "Real" (2:1) o'yinida bosh hakam Martin Atkinson mehmonlar himoyachisi Daniel Karvaxalga qizil kartochka ko'rsatishi kerak edi.
"Real" bilan o'yinda hakam ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatganini eslayman. Bu erda esa hakam Karvaxalga boshqa qoidalarni qo'lladimi?" - deb yozadi Turan "Tvitter"da.
Eslatib o'tamiz, Karvaxal o'yin davomida bir necha marta qoida buzdi. Uchrashuvning 56 daqiqasida ispaniyalik o'z jarima maydonchasi ichida "Yuventus" hujumchisi Karlo Tevesni to'xtatib qoldi. Hakam penalti belgiladi, ammo qoidabuzar jazosiz qoldi. Bahsning 75 daqiqasida Karvaxal Alvaro Morataga nisbatan qoida buzdi va sariq kartochka bilan jazolandi.

Fikrlar