Turan "Galatasaroy"ga qaytdi
05 avg 2020 22:44
Yangiliklar


Turan "Galatasaroy"ga qaytdi
Yarim himoyachi Arda Turan "Galatasaroy" klubi tarkibiga qo'shildi. Bu haqida turk klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
33 yoshli futbolchi "sariq-qizillar" bilan "1+1" shaklida shartnoma imzolagan.
Eslatib o'tamiz, Turan "Galatasaroy" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2004-2011 yillarda "sherlar" sharafini himoya qilgan, keyin Madridning "Atletiko"siga o'tib ketgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar