So’nggi yangiliklar

21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  2 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  29 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  42 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  2 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  13 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  20 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Tur de Dubay yoxud vijdon... Yangiliklar

Tur de Dubay yoxud vijdon...

BAAda davom etayotgan jahon chempionatida O'zbekistondan 200 nafardan ortiq muxlis terma jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun Dubay shahriga tashrif buyurdilar.
Jurnalistlar soni ikkitani tashkil etdi. Yani matbuot anjumani, mashg'ulotlar va o'yin atrofidagi holatlar bilan ikki kishi tanishtirdi. O'FFning ham delegaciyasi kichik bo'lmadi. BAA issiq mamlakat, plyaj bor. Istaganingizcha turli haridlarni amalga oshiring. Oftobda toblaning. Muxlislar uchun ayni muddao, buni  Dubayga sayohat (Tour de Dubai / Tur de Dubay) deydilar. Bunday sayyohlarimiz O'FF tarkibida ham bor edilar. Bu safar sayyohlar tarkibda bo'lmaganligi quvonarli hol bo'ldi. SHuning uchun ham Nuraliev jamoasida biron-bir futbolchi jarohat olsa yoki maydonga tushmasa o'yin jozibasida katta o'zgarish bo'lmadi. Tarkibdan joy olgan barcha futbolchilar murabbiyning strategiyasini to'liq tushunib etgan edilar.

Har qanday musobaqa rivojlanayotgan davlat uchun katta maktab vazifasini o'taydi. Bunday musobaqalarga mezbon mamlakatlar ko'ngilli xizmatchilar uchun so'rovnomalarni qabul qiladilar. "Volontyor" bo'lib musobaqada ishtirok etadigan xodimlarni tashkilotchilar musobaqa davomida moliyalashtiradilar. Yani siz hech qanday sarf harajatga qo'l urmagan holda katta turnir ishtirokchisiga aylanasiz va o'rganganlaringizni o'z mamlkatingizda amalga oshirasiz. Bahrayn ligasi marketing bo'limi boshlig'i 1 oydan oshiq vaqt davomida ko'ngilli ishchi sifatida JCHda ishlayapti. Olgan malumotlarimizga ko'ra Falastin futbol federaciyasi o'zining besh nafar xodimining malakasini oshirishi uchun musobaqa tashkilotchilariga murojat qilgan va ular JCH davomida turli sohalarda faoliyat olib borishyapti. Ora sira o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash o'yinlariga mezbonlik qilishini inobatga olmaganda bu yurt yaqin orada katta musobaqalarga mezbonlik qila olmaydi. Ammo federaciya rahbari o'z xodimlarini tajriba olishlari uchun keng imkoniyat yaratib berayotganligi taqsinga sazovor. Mana bir necha yildirki bizning delegaciyamiz tarkibi o'zgarmaydi. Ammo na ichki chempionatimizda, na terma jamoa o'yinlarida ishga professional yondashuvni ko'rmayapmiz. Balki biz ham katta musobaqalarda keyinchalik PFL yoki Markazda sifatli faoliyat yuritishi mumkin bo'lgan xodimlarni ishtirok etishlarini taminlashimiz kerakdir? Saytda yaponiyalik mutaxassis bilan uyushtirgan suhbatimizni o'qidingiz. Mazkur suhbat 20 daqiqaga ham bormadi, ammo uning aytganlari men uchun 10 yillik futbol sabog'iga teng bo'ldi. 20 daqiqada dunyo qarashimni o'zgartira oldim, JCHlarda bunday mutaxassislar soni juda ko'p va 20 kun davomida juda ham katta axborot manbaiga ega bo'lish mumkin. Hozirchi, hozir yuqorida aytib o'tganimdek plyajda cho'milish bilan bandmiz...

Oliy liga Farhod Magometovning o'zini joniga tekkan ko'rinadi. So'nggi paytlarda bu kishini JCHlarda MTJ bilan safar qilishi odat tusiga aylanib ulgurdi. Lekin afsuski u erda ko'rganlarini O'zbekistonda tadbiq qilmayapti. Balki 2014 yildan u-bu narsa amalga oshirilar, lekin buning uchun bir kishini ko'rgani bilan ish bitmaydi. PFLni yoppasiga har bir xodimini horij chempionatlariga tajriba oshirish uchun yuborish kerak. JCHlarga shunchaki sayyoh sifatida emas, ish o'rganish uchun borish kerak. Hechdan ko'ra kech, yaponlarni 1999 yilda chempionatida boshlagan ish uslubini 2014 yildan boshlab o'zimizda yo'lga qo'yish kerak. Suniylikdan chiqmas ekanmiz, birimiz ikki bo'lishi qiyin. Buni futbol deydilar, futbolda har qancha simulyaciya bo'lmasin yakunda bari-bir halol jamoa g'alaba qozonib kelgan. Agar yolg'on bilan g'alabaga erishilganida oliy ligamizdan kamida 4ta jamoa OCHLda ishtirok etishi kerak, aslida bironta klubimiz Yaponiyaning birinchi liga jamoasi talabiga javob bera olmaydi, birontasi!

Yapon aytgan halollik haqida gapirish biroz qiyin. Buning uchun tegishli idoralar hakamlarni o'z nazoratiga olishi kerak. Menimcha, boshimiz devorga "taq etib" tegmasidan avval ko'zimizni ochishimiz kerak. Balki hech nima bo'lmas, lekin yillar o'tib inson o'z vijdoni oldida chekadigan azobiga "men" degan tabib ham shifo bo'la olmaydi.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика