Tunislik Muhammad Salem ham AGMK azosiga aylandi
05 fev 2023 10:59
Yangiliklar
Tunislik Muhammad Salem ham AGMK azosiga aylandi
U 1996 yilning 6 yanvarida Tunisda tavallud topgan. O'z vaqtida mamlakatning "Afriken Tunis", "Olimpik Beja", "Etual Metlayu" jamoalarida to'p surgan. 2020-21 yillar mavsumida “Ingules” klubiga transfer qilingan. Rossiya-Ukraina harbiy majarosi boshlangandan so'ng, FIFA ushbu davlatlarda to'p tepayotgan horijiy futbolchilar amaldagi shartnomasi bo'lsa ham, o'z havfsizligini taminlash maqsadida boshqa mamlakat chempionatiga erkin agent maqomida ko'chib o'tishi mumkinligi haqida qaror chiqargan. Aynan shu qaror asosida Muhammad Salem Tunis chempionati ishtirokchisi "SHebba" jamoasiga ko'chib o'tdi va u erda 6 oy mobaynida to'p tepdi.
Endi u AGMK murabbiylar shtabi taklifiga ko'ra faoliyatini yurtimizda davom ettiradigan bo'ldi. Klub va futbolchi o'rtasida shartnoma imzolanib, Muhammad Salem jamoamizning Antaliyadagi o'quv-yig'in mashg'ulotlariga qo'shildi.
Salemning ustun tomonlaridan biri – bo'ydor (1,81 sm) hamda marakaziy himoyadan tashqari ikkala qanotda ham bemalol o'ynay oladi.
Fikrlar