So’nggi yangiliklar

00:05А Серия. "Рома" — "Милан". Таркиблар маълум!  3 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Наполи"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 23:43"Арсенал"нинг 13 ўйиндан иборат мағлубиятсиз сериясига МЮ нуқта қўйди  23 23:40Кэррикдан супер старт! "Манчестер Юнайтед" унинг қўл остида "Арсенал" ва "Ман Сити"ни мағлуб этди  11 23:32Эндрикдан хет-трик! "Лион" сафарда "Метц"ни тор-мор этди  2 23:30АПЛ. "Манчестер Юнайтед" сафарда "Арсенал"ни мағлуб этди  32 22:18"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди  16 21:30"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  91 21:23"Сурхон" голларга бой баҳсда Россия клубини мағлуб этди  10 21:12АПЛ. "Челси" топ-4га қайтди, "Астон Вилла" эса "Ньюкасл"ни сафарда мағлуб этди  4 20:54Назорат ўйини. "Насаф" "Енисей"га ютқазди  23 20:13"Атлетико" ўз уйида "Мальорка"ни тор-мор этди  4 20:01Назорат баҳси. Самарқанднинг "Динамо"си Россиянинг 6 карра чемпиони ЦСКАни мағлуб этди  33 19:30"Актобе" Португалия терма жамоаси афсонаси Луиш Нани билан шартнома имзолади  10 19:15ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум  77

Tug'ilgan kuningiz bilan, Samvel Vyacheslavovich! Yangiliklar

Tug'ilgan kuningiz bilan, Samvel Vyacheslavovich!

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bugun 46 yoshni qarshi oldi.

Samvel Vyacheslavovich, avvalambor tug'ilgan kuningiz bilan keng jamoatchilik, shuningdek "Championat.asia" sayti xodimlari nomidan tabriklayman hamda Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va murabbiylik faoliyatida omad tilayman!

Hammamiz tushunib turibmiz, Sizni oldinda juda muhim bahslar kutmoqda. Jahon chempionati saralash bosqichida hal qiluvchi o'yinlar mana endi boshlanadi. Terma jamoamiz birinchi navbatda 12 iyun kuni Tehronda Eron terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

O'zbekiston terma jamoasining guruhdagi vaziyati yomon emas, hali imkoniyat bor va buning uchun keyingi uchta bahsda g'alaba qozonishimiz kerak bo'ladi. Har bir bosh murabbiy kabi Siz ham o'zingizga maqul kelgan futbolchilarni tanlash va o'ynatish huquqiga egasiz. Bu borada Sizning ishingizga aralasha olmaymiz.

Terma jamoamiz qanday tarkib va taktikada o'ynamasin, muxlislar birinchi navbatda g'alaba kutishadi. Faqat uch ochkogina odamlarni sevintiradi. Umid qilamizki, qolgan uchta o'yinda maksimal natijaga erishib, O'zbekiston millliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib borasiz. 

Bilamizki, "Paxtakor"da ishlagan payt qo'l ostingizdagi jamoa ayniqsa ikkinchi davra yaxshi o'yin ko'rsatib, ko'proq ochkolarni qo'lga kiritar va yakunda chempion bo'lardi. Biz terma jamoadan ham mana shunday o'yin va natija kutib qolamiz. 

Bu dunyoda amallab bo'lmaydigan ishning o'zi yo'q. SHunday ekan, jahon chempionatiga chiqish ham ushalmaydigan orzu emas. Faqat va faqat mehnat va qattiq ishlashgina bizni mundial sari etaklay oladi. 

Samvel Vyacheslavovich, Sizni yana bir bor tug'ilgan kuningiz bilan tabriklayman. O'ylaymanki, kuzda biz - o'zbekistonlik muxlislar terma jamoamizning tarixda ilk bor jahon chempionatiga chiqqani guvohi bo'lamiz. 

Ko'p sonli muxlislar nomidan Xayrulla Xoliqov.






Reyting: -162   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика