So’nggi yangiliklar

11:34"Ал Насср" АПЛдан 80 млн евро эвазига форвард билан шартнома имзолашга тайёр  1 11:08Моуринью Фатини "Фенербахче"да кўрмоқчи. Клуб "Барса"га ўйинчи борасида харид қилиш ҳуқуқи билан ижара таклифини беради  0 10:03"Нефтчи" дарвозабони "Сурхон" таркибига келиб қўшилди  1 09:23Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бугун Осиё кубогидаги рақиби билан ўйнайди  0 09:00Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   54 08:35Александр Хомяков: “Йигитлар ғалабага бўлган иштиёқларини намойиш эта олдилар”  0 08:00Санжар Рашидов "Қизилқум"да  5 07:22"Локомотив" таркибида украиналик легионер кўрикдан ўтмоқда  0 03:26Ҳусановнинг "Манчестер Сити"даги дебюти: хато, ҳаёжон ва трибунадан қарсаклар  34 03:00Лига 1. ПСЖ ўз уйида "Реймс"ни юта олмади, Кварацхелия дебют ўйинини ўтказди  1 02:59Ла Лига. Мбаппенинг хет-триги "Реал"га меҳмонда "Вальядолид"га қарши ўйиндаги ғалабани тақдим этди  18 01:30Гвардиола Ҳусанов ҳақида: "У ҳали жуда ёш, ҳали ўрганиб олади. Ҳар қандай футболчи хато қилиши мумкин"  36 01:04Пеп Гвардиола Абдуқодир Ҳусановнинг дебюти ҳақида фикр билдирди  50 00:50АПЛ. "Манчестер Сити" - "Челси" 3:1, Ҳусанов дебют ўйинини ўтказди  6 00:26АПЛ. "Манчестер Сити"дан камбэк, Ҳусанов дебют ўйинида 53 дақиқа ўйнади  513

Tug'ilgan kuning bilan, "Futbol Ekspress"! Yangiliklar

Tug'ilgan kuning bilan, "Futbol Ekspress"!

O'zbekistonlik futbol ishqibozlariga juda yaxshi tanish bo'lgan "Futbol Ekspress" gazetasi 20 yoshga to'ldi!

Bugun 6 may! Roppa rosa 20 yil avval "Futbol Ekspress" gazetasining ilk nishona soni o'quvchilar qo'liga etib borgan edi. 1996 yilning 6 may oyi mazkur gazetaning 20 yillik tarixi yo'lida katta ahamiyat kasb etadi.

Bu paytda aynan futbolga ixtisoslashgan bitta nashr - "O'zbekiston Futboli" bor edi. Otaxon gazeta o'sha paytning o'zidayoq tajribali jurnalistlarga ega bo'lgan, Andijonda chop etilayotgan yangi nashr esa avvalo kadrlar borasida katta muammoga duch kelishi aniq edi. SHunday bo'lsa-da, gazetaga dastlabki poydevorlarni qo'ygan aka-uka Ishoqovlar bo'sh kelmadilar. Izlanishda, ijodkor yoshlarni qidirib topish va keyinchalik o'zlari ham kashf qilishga kirishib ketdilar.

Men 2001 yildan gazeta sotib olishni boshladim. Poytaxtimizdagi "CUM" savdo markazi yonidagi gazeta do'konlarida o'sha paytdagi kumirim bo'lgan Ronaldoning surati tushirilgan yangi gazetani ko'rdim, bu "InterFutbol" edi. SHu-shu gazetaning doimiy o'quvchisiga aylandim. Amakimning o'g'li "Futbol Ekspress" va "O'zbekiston Futboli"ni xarid qilardi. Ikkimiz ham gazetalarimizni almashib mutolaa qilardik. Gazetalarni tashlab yubormasdik, hozirgacha arxivimiz mavjud.

Jurnalistika fakultetiga kirganimizdan keyin men "IF"ni olishda davom etdim. Boisi, "Inter Futbol"ning Toshkentdagi savdosi yaxshi, "FE" esa vodiyda ko'p sotiladigan gazeta edi. 2004 yil tanishganim Behzod Nazarov shu boisdan bo'lsa kerak, gazeta do'konidan "FE"ni xarid qilardi. Seshanba va juma kunlari auditoriyamizga ikkita gazeta kirib kelar va qolgan talabalar bizdan olib, ularni o'qib chiqishardi.



2006 yil men "IF" bilan, Behzod ustozimiz Oybek Yunusovning taklifi bilan "O'zbekiston Futboli"da qalam tebrata boshladi. Bir yillik tanaffusdan so'ng Xayrulla Xoliqov ikkisi o'sha payt chiqa boshlagan, yangi "Sport plyus" gazetasida ish boshladilar. Gazeta ko'pga etib bormadi, Xoliqovga "Futbol Ekspress" bosh muharriri SHukurullo Ishoqovdan taklif tushdi, ko'p o'tmay Xoliqovning tavsiyasi bilan Behzod ham "FE"da ish boshladi.

2009 yilda "CA"ning harakatiga tushdim. SHuning uchun o'sha yili gazeta bilan hamkorlik qilmasdim. 2010 yil saytimiz ishga tushgach, "FE"ning taklifi bilan saytimiz hamkorlik qila boshladi. U paytlarda saytga jiddiy etibor bo'lmaganligi bois bizga biron bir tajribali tashkilotning ko'magi kerak edi. Bu borada "FE"ning yordami katta bo'ldi. Yillar o'tib, ikki tashkilot o'rtasidagi munosabatlar o'sa boshladi, saytimizga talaba sifatida kelgan Narzulla Saydullaev hozirda "FE"da statistika bo'limida faoliyat olib boryapti. Yana bir qancha shogirdlarimiz klublarda ish olib boryaptilar. Bundan gazeta ham manfaatdor.

Bugungi kunda gazeta haftasiga 30 000ga yaqin tirajda chiqyapti. "IF" va "FE" qayd etib turgan bu ko'rsatkich bugungi davr ehtiyojidan kelib chiqsak, katta yutuq.

"FE"da ahil ijodiy guruh yig'ilgan. Eng muhimi, taxririyatdagi xodimlar o'z ishlarini sevib bajaradilar. Imkon qadar har bir stadionga o'z xodimlarini yuboradi. Boburbek Tursunov, SHuhratbek Jo'raev va Abdulhafiz aka kabi jurnalistlar bugunda gazetaning ustuni deb aytsak mubolag'a bo'lmas.

Kechagidek yodimda, 2006 yil "Mashal" jamoasi yanvar oyida poytaxtimizdagi "Geofizika" bazasida yangi mavsum oldi tayyorgarliklarini olib borayotgan edi. U paytda men talabaman, qiziqish ustun. Marshrutga o'tirib qarorgohga bordim. Qaytishda muborakliklardan intervyu olib qaytayotgan Boburbek aka Tursunov bilan tanishdim. 101 avtobusda "Geofizika"dan "Buyuk ipak yo'li" metro bekatigacha birga keldik. Keyinchalik SHuhratbek Jo'raev va SHukurullo Isxoqov bilan ham aka-uka bo'lib ketdik.

Gazetangizning 30, 40 va 50 yillik to'ylarini birga munosib nishonlash nasib etsin.

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика