So’nggi yangiliklar

12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  0 12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  7 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  3 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  0 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  7 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  12 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  6 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  4 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   6 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0

Tug'ilgan kunda bo'yinbog' sovg'a qilishga majbur bo'lgan "Paxtakor"ning "Spartak"ka qarshi o'yini haqida Yangiliklar

Tug'ilgan kunda bo'yinbog' sovg'a qilishga majbur bo'lgan "Paxtakor"ning "Spartak"ka qarshi o'yini haqida

Teglar :  "Paxtakor"Spartak
"Spartak" - "Paxtakor" o'rtasidagi tarixiy qarama-qarshilik, klassik to'qnashuvda kutilganidek moskvaliklarning qo'li baland keldi.

"Spartak" - "Paxtakor" o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini tashkil etilishi tarixi haqida qisqacha gapirsak, o'yin bo'lishi rasman uchrashuvdan 10 kun ilgari oydinlashdi. Yani, har ikkala tomon mazkur bellashuvni o'tkazish bo'yicha o'zaro kelishuvga erishishdi. Nokamtarlik bo'lsada aytish joizki, ko'pchilik sog'ingan tarixiy to'qnashuvni tashkillashtirishda "championat.asia" sayti jonbozlik ko'rsatdi. Yani, 1 yil avval saytimiz asoschisi Gayrat Xasbiulin Moskvada "Spartak" klubi mehmoni bo'lib, do'stlik aloqalarini o'rnatgani natijasida klub vakillari Rossiya premer ligasining ikkinchi davrasi oldidan olib borilgan tayyorgarlik bosqichi yakunida, aniqrog'i, "Dinamo"ga qarshi o'yin oldidan o'z maydonida nazorat uchrashuvi o'tkazish rejasi bilan murojaat qilgan. Natijada saytimiz tomonidan mazkur sanada O'zbekiston chempioni "Paxtakor" bo'sh bo'lishi va nostalgiyani yodga olib, eski klassik raqibni moskvaliklarga sparring raqib sifatida taklif qilgan. SHu o'rinda "Paxtakor" jamoasiga ham chempionat starti oldidan o'z imkoniyatlarini Evropa darajasida sinab ko'rishni tavsiya qilgan. Bu g'oya har ikkala tarafga maqul tushgani bois, tomonlar 10 kun ilgari kelishuvga erishishdi. Etiborli tarafi, mazkur o'yin atrofidagi barcha chiqimlarni mezbon jamoa "Spartak" avia-chiptalardan tashqari "Paxtakor"ga qoplab berdi. SHuningdek, mazkur xalqaro o'rtoqlik o'yiniga aylanib ketgan "Spartak" - "Paxtakor" uchrashuviga saytimizning 3 vakilini (Gayrat Xasbiulin, Narzulla Saydullaev va Jahongir Fayzullaev) rasman taklif qildi.



Bevosita o'yinga qaytsak. Odatda o'rtoqlik o'yinlari rostmana ikkinchi darajali uchrashuv sifatida qabul qilinadi. Har qanday o'rtoqlik maqomidagi o'yin keskin qarama-qarshilik yoki "qaynoq" to'qnashuvni taqdim etmaydi. Bosim, yuqori ahamiyat va masuliyat haqida esa gapirishga hojat yo'q. SHunisi bilan ham o'rtoqlik bellashuvlari istalgan rasmiy uchrashuvlardan farqlanadi. Qisqa qilib aytganda, o'rtoqlik o'yini birinchi navbatda murabbiylar uchun kerakli xulosalarni beradigan, kamchilik va ishlanishi kerak bo'lgan jihat hamda bog'lamlar haqida ko'zguga aylanadigan imtihoncha.

Lekin mazkur o'yin "Spartak" uchun nazorat bahsidan o'rtoqlik maqomidagi bellashuvga, "Paxtakor"ga esa nostalgiyani eslatib yuborgan hamda tarixni titkilagan bahsga aylandi. O'zbek futbol jamoatchiligi esa mazkur to'qnashuvni o'zgacha sog'inch va intiqlik bilan iliq qabul qildi. SHu boisdan ham odatda o'rtoqlik o'yinlarida sezilmaydigan hayajon, etibor va bosim yuklandi. O'yinga bo'lgan qiziqish darajasi ancha ortdi.



Domeniko Tedesko bu o'yinga "Dinamo"ga qarshi bo'lajak o'yinga so'nggi tayyorgarlik bahsi sifatida qaragani bois, o'yinga kelasi hafta ham boshlang'ich tarkibda tushadigan asosiy futbolchilarni tushirdi. Murabbiylar odatda rasmiy o'yindan oldingi so'nggi bahsda asosiy "askarlar"ni tekshirib olishadi. "Paxtakor"da esa vaziyat biroz boshqacharoq bo'ldi. Vakillarimiz tanaffusni ancha avval tugatib, rasmiy o'yin muhitiga moslashib olishgani hamda 4 kun avval asosiy tarkib bilan muhim o'yinni o'tkazishgani va 5 nafar futbolchi MTJning navbatdan tashqari yig'iniga yo'l olgani bois, boshlang'ich tarkibni tanlashda Arveladze boshqacha yondoshdi. Yani, o'yin amaliyotisiz qolayotgan va jamoaning asosiy kiperi bo'lib turgan Suyunovning yo'qligi tufayli Quvvatov, markaziy himoyada Krimec o'rniga Ismoilov, hujumda esa Igor Sergeev MTJ ixtiyoriga ketgani bois, hali jismoniy formasi va yangi jamoadagi moslashuvini tugatmagan Eren Derdiyokni tushirdi.



Yangi mavsumda hozircha ikkala o'yindan buyon "Paxtakor"ning asosiy futbolchilari sifatida shakllangan tarkibdagi 3 o'zgarish tufayli balans buzildi. SHuningdek, birinchi bo'lim o'rtasida va ikkinchi bo'lim avvalida ikkala tayanch yarim himoyachilariga Sobirxo'jaev va Hamrobekov zaxiraga olinib, o'rniga yosh iqtidor egasi Iminov va Kozak qo'yildi. Bu o'zgarishdan ikki hil mantiq izlash mumkin. Biri, bu muhim o'yinlar oldidan Hamrobekov va Sobirxo'jaevni toliqtirib qo'ymaslik, yana biri esa OCHL 3-turi oldidan bu ikki futbolchi hisobida bittadan ogohlantirish mavjuddigi va keyingi sariq kartochka kelgusi o'yinga eshikni yopishi ehtimolidan Arveladze ularni o'rniga tushadigan zaxira o'yinchilarining imkoniyatlarini "Spartak" fonida chamalab oldi.


O'yin startida "Paxtakor" futbolchilarida tajribali raqib qarshisida biroz hayajon sezildi. Superliga va orada OCHLda o'ynab turgan jamoa uchun o'rtoqlik maqomidagi mazkur katta afishali o'yinda, Moskvada, garchi o'rtoqlik o'yini bo'lsada muhit taraflama rasmiy o'yinga xos bo'lgan uchrashuvda bu tabiiy jarayondek ko'rinishi mumkin. Hayajon tufayli "Paxtakor" dastlabki 10 daqiqalikni himoyadan hujumga o'tishdagi muammolar bilan o'tkazdi. Lekin tezda o'nglanib olgan "Paxtakor" doimgi o'yini, yani falsafasiga asosan to'pni nazorat qilgan holda o'ynashga o'tdi. To'pni raqib jarima maydoni hududiga qadar olib bordi, lekin yakuniy pas va zarbani berishga kelganda raqib bosimi ostida texnik xatolar kuzatildi. Aynan shu pallada daraja o'rtasidagi farq va futbolchilarimizga etishmagan sovuqqonlik pand berdi. 


O'tkazib yuborilgan gollar esa dastlabki ikkitasi standart, yani burchak zarbasidan keyin vujudga keldi. Har ikkalasi ham bir-biriga juda o'xshash. Yaqin burchakka oshirilgan to'p va jarima maydonchasi chizig'i oldida uzoq turgan futbolchilarning guruh bo'lib yaqin burchakka otlanishi hamda havodagi kurashda yakka qoldirilgan Sobolev hamda Ponse navbati bilan darvozani ishg'ol etishdi. Birinchi golda Sanjar Quvvatov to'pga chiqishda xato qilgan bo'lsa, Ponsening golida CHeran futbolchisini yo'qotib qo'ydi. Ikkinchi bo'limdagi gollar esa uzoqdan tepilgan zarbalar tufayli o'tkazildi. Zaxiradan tushgan Larsson hamda Tilning mukammal zarbasi qarshisida Quvvatov ojiz qoldi.


"Paxtakor"da raqib darvozasini poylash uchun vaziyatlar yuzaga keldi. Xususan Dragan CHeranning zarbasini Maksimenko qaytarib yuborgan bo'lsa, Hamdamov bir vaziyatda Derdiyokni pas bilan taminlashda sustroq o'ynadi. Masharipov ikki vaziyatda Sayfievga to'p uzatishni kechiktirib qo'yish natijasida qulay vaziyatni yo'qqa chiqardi. Ikkinchi taymda Masharipov nisbatan faollashib, o'z qanotidan reydlarni amalga oshirishga kirishdi. Biroq kutilgan keskinlik yaratilmadi. Keragidan ortiqroq davom etgan hayajon va etishmagan sovuqqonlik hujumdagi rejalarni barbod qildi.



Mazkur o'yinda quvonarli jihat - "Paxtakor" daraja jihatdan bir bosh baland bo'lgan evropa standartidagi jamoa qarshisida ham o'z falsafasi va g'oyasidan chekinmadi. Yani, Arveladze jamoani to'g'ri yo'ldan etaklayotgani ko'rinmoqda. Mentalitet esa birdan o'zgarib qoladigan narsa emas. Jamoaning falsafasiga muvofiq g'oliblik ruhi va mentalitet ham shakllanish davrida. "Paxtakor" allaqachon o'zbekcha futbol standartlaridan evropa tizimiga o'tgan. Ishlash va o'yin uslubiga monand bundan buyog'iga o'rtoqlik o'yinlari tashkil etishda ham mazkur yo'ldan yurish jamoani tezroq ko'zlanayotgan cho'qqi sari etalaydigandek ko'rinmoqda. Bu o'yin esa chempionat starti va OCHLda yo'ldan ketayotgan "Paxtakor"ga katta dars vazifasini bajarishi lozim. O'yindagi vaziyatlar, standartdagi nostandart harakatlar, pressing natijasidagi raqib bosimidan qanday xalos bo'lish kabi kamchiliklarni "Spartak"ga qarshi o'yinda yaqqol sezildi. Ayniqsa "Al Hilol" bilan bo'ladigan muhim bellashuv oldidan Moskvadagi sarguzasht foydadan xoli bo'lmaydi.


SHota Arveladze bugungi o'yindan qoniqish xosil qildi, deyish mushkul. Ayniqsa kayfiyat taraflama tug'ilgan kunida tablodagi hisob gruziyalik mutaxassisni ranjitishi tabiiy. "Paxtakor" futbolchilari esa Arveladzega tug'ilgan kunda murabbiylarning eng yoqimsiz sovg'asi bo'lgan bo'yinbog'ni hadya qilish bilan cheklanib qolishdi.



SHu o'rinda yana bir malumotni etkazish kerakki, bugungi o'yin "Spartak" uchun nazorat bellashuvidan xalqaro o'yinga aylanib qolganini takidladik. SHu bois jamoa o'rtoqlik o'yini o'tkazish tartibini to'liq bajara olmadi. Yani, o'yin 10 kun ichida hal bo'lgani tufayli, klub odatda 1 oy avval tartibni saqlash organiga xat bilan chiqishi va o'yinga kerakli miqdorda tartibni saqlash xodimlarini jalb etishi kerak bo'ladi. Mazkur bahsga esa bu borada klub ulgurmagan. Moskva shahar Ichki ishlar vazirligi esa bugungi bahsga muxlislarni kirishini taqiqlab qo'ygani tufayli, "Spartak" faqatgina yillik abonementi bor muxlislariga klub xavfsizlik xodimlari yordamida birgina sektorni ochib qo'ydi. O'zbekistonlik ko'plab "Paxtakor" muxlislariga bugungi bahsga kira olishmagani na "Paxtakor" va na "Spartak"ning aybi bor. Buni klub vakillari xavfsizlik nuqtai nazaridan Moskva shahri IIB tomonidan qo'yilgan talabni bajarishdi.

"Paxtakor" FK mamuriyati esa bugungi o'yinga tashrif buyurgan va stadionga kira olmagan o'zbekistonlik yuzlab muxlislarga chuqur minnatdorchilik bildirishini saytimiz orqali malum qildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'radi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика