Troy Dini: “Oilamni xavf ostida qoldirmoqchi emasman”
15 may 2020 08:21
Yangiliklar


Troy Dini: “Oilamni xavf ostida qoldirmoqchi emasman”
“Uotford” sardori APLda mavsumning davom ettirilishiga qarshiligini bildirdi.
“Hozir men hatto futbol haqida gapirayotganim ham yo'q. Men ayni damda oilam salomatligi haqida gapiraman. Bu — men uchun hamma narsa. Agar o'zim oilamni himoya qilishga qodir bo'lmasligimni sezsam, bu ishga umuman kirishmayman. SHu boisdan oilamni xavf ostida qoldirmoqchi emasman. Agar ular (klub) mendan pullarni olib qo'yadigan bo'lsa, men nima qilaman? Bular meni xavotirga solayotgani yo'q. Boisi avval men kambag'al edim”, — deydi Dini.
Eslatib o'tamiz, Angliya hukumati iyun oyidan boshlab professional sport musobaqalarini muxlislarsiz o'tkazishga ruxsat berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar