Tripper "Manchester Yunayted"ga o'tmaydi
10 avg 2021 17:16
Yangiliklar
Tripper "Manchester Yunayted"ga o'tmaydi
"Atletiko" himoyachisi Kiran Tripper "Manchester Yunayted"ga o'tmaydi.
"Qizil iblislar" o'yinchini xarid qilish fikridan qaytishdi. Manchesterliklar yangi mavsumda Diogu Dalotga ishonch bildirishmoqchi.
SHunday ekan, Tripper uchun yagona davogar Londonning "Arsenal" klubi bo'lib turibdi. "Kanonirlar" himoyachi bilan shartnoma imzolash uchun 40 mln evro to'lashlariga to'g'ri keladi. "Atletiko" angliyalik futbolchiga shunday narx qo'ygan.
Tripper Ispaniya chempionatiga qadar to'rt mavsum davomida Londonning "Tottenxem" klubi sharafini himoya qilgan.
Fikrlar