Trent Evro-2020da qatnashmasligi mumkin
17 may 2021 23:18
Yangiliklar
Trent Evro-2020da qatnashmasligi mumkin
Angliya termasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Evro-2020 turnirida "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldning xizmatlaridan foydalanmoqchi emas.
"The Athletic" xabariga ko'ra, mutaxassisga himoyachining ushbu mavsumdagi o'yinlari maqul kelmagan va shu boisdan o'ng qanotda boshqa himoyachini o'ynatish niyatida.
Ushbu mavsumda 22 yoshli Aleksander-Arnold "Liverpul" tarkibida 43 o'yinda qatnashib, 2 gol va 9 assist qayd etdi.
Angliya termasi Evro-2020 turnirida Xorvatiya, CHexiya va SHotlandiya termalariga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar