Transfermarkt va Championat.Asia 2022 yilgi Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi
25 noy 2022 14:00
Yangiliklar
Transfermarkt va Championat.Asia 2022 yilgi Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi
Transfermarkt va Championat.Asia mavsum yakuniga ko'ra eng yaxshi murabbiy va o'yinchi nomini ham aniqlamay qo'yishmadi. Ovoz berishda Championat.Asia va Transfermarkt'ning rus tilidagi nashri, shuningdek ekspert sifatida O'zbekistondagi eng yaxshi futbol sharhlovchilaridan biri Otabek Jo'raev ishtirok etishdi.
Ovoz berish yakunlariga ko'ra, Superliganing 2022 yilgi mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb Timur Kapadze topildi. "Olimpik" ustozi O'zbekiston chempionatida yosh o'yinchilardan tashkil topgan jamoani ilk mavsumdayoq oltinchi o'ringa olib chiqdi. "Olimpik" mavsum davomida bir necha bor favoritlardan ochko tortib oldi. Kapadze 44% ovozga ega bo'lgan bo'lsa, ikkinchi o'rinni "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix (31%) egalladi.
Superliganing 2022 yilgi mavsum eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun kurashda birinchi o'rin "Navbahor" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderovga nasib etdi. U barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 7ta assist qayd etdi. Iskanderov 52% ovoz to'pladi, bu esa ikkinchi o'rinni olgan "Paxtakor" forvardi Dragan CHeran (34%)dan 18%ga ko'proq.
Fikrlar